FAO va O‘zbekiston o‘rtasidagi 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Mamlakat hadli dasturini rasmiy ishga tushirilishiga bag‘ishlanib, ushbu dastur istiqbolda o‘zaro hamkorlikni yanada kengayishiga turtki bo‘ladi va tegishli yo‘l-yo‘riqlarni belgilab beradi.
Barqaror rivojlanish bo‘yicha milliy ustuvor vazifalarga muvofiq FAO 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish bo‘yicha kun tartibini amalga oshirish yuzasida hukumatni qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarining qiymat zanjiri bo‘ylab oziq-ovqat tizimlarining barqarorligiga erishishga yordam berish majburiyatini olgan.
Mamlakat hadli dasturi (MHD) qishloq, o‘rmon xo‘jaligi va baliqchilikda yetishtiriladigan, shuningdek, iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy muhit oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, tarqatish va iste’mol qilish tizimini isloh qilishga qaratilgan. Mamlakat hadli dasturini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘ taxminan 17 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Tadbir davomida FAOning Markaziy Osiyo bo‘yicha Sub-mintaqaviy koordinatori Viorel Gutsu va FAOning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida rejalashtirilgan dasturlar va tadbirlarni milliy hamda xorijiy hamkorlar e’tiboriga havola etdilar. Tadbirda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori idorasi vakillari, shuningdek tegishli vazirliklar, idoralar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Mamlakat hadli dasturi oziq-ovqat tizimini isloh qilish bilan bog‘liq bo‘lgan milliy ustuvor maqsadlarga erishish bo‘yicha Hukumatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ning milliy ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ushbu MHD doirasida FAO Barqaror rivojlanish bo‘yicha kun tartibini amalga oshirish yuzasida hukumatni qo‘llab-quvvatlaydi va qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarining qiymat zanjiri bo‘ylab oziq-ovqat tizimlarining barqarorligiga erishishini ta’minlashga yordam beradi.
Strategik ustuvor yo‘nalishlardan biri – aholi salomatligi va farovonligiga olib keladigan inson kapitalini inklyuziv rivojlantirishdir. 2025 yilga kelib, yoshlar, ayollar va aholining zaif qatlamlari hayot kechirish uchun zarur mablag‘larni, munosib ish joylarini topishda keng qamrovli imkoniyatlarga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bunday imkoniyatlar inklyuziv va adolatli iqtisodiy o‘sish hisobiga yaratiladi.
Yana bir ustuvor yo‘nalish – bu barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishlarini hisobga olgan holda rivojlanishdir. Kutilayotgan natijalarga ko‘ra, kelgusi besh yil ichida O‘zbekistondagi eng xavfli mintaqalarning iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarga chidamlilik darajasi o‘sadi. Bundan tashqari, tabiiy resurslar va infratuzilmani tobora barqaror va gender jihatidan samarali boshqarish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha faol harakatlar, atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatini inklyuziv boshqarish hisobiga qo‘shimcha foyda olinadi.
“Bu yil O‘zbekiston FAOga a’zo bo‘lganligining 20 yilligi nishonlanmoqda”, - deydi FAOning Bosh direktori o‘rinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Vladimir Raxmanin. “Bu davrda hamkorligimiz muttasil rivojlanib bordi va 2020 yilda O‘zbekiston raisligida FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy konferensiyasining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi alohida voqelik bo‘ldi. Biz yaqin yillarda hamkorligimizni yanada rivojlantirishga umid qilamiz”.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining 2021 yilda Budapeshtga rasmiy tashrifi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev FAO Bosh direktori o‘rinbosari Vladimir Raxmanin va FAO Sub-mintaqaviy koordinatori Viorel Gutsu bilan uchrashdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga umumiy intilish mavjudligini bildirdilar va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Yangi Mamlakat hadli dasturini ishga tushirilishi bilan birga O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va FAO o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyiha shartnomalari imzolandi:
- COVID-19 ga javoban O‘zbekistonda kartoshkachilik tarmog‘ini tiklash va rivojlantirish; Geografik ko‘rsatkichlar orqali barqaror oziq-ovqat tizimlarini mustahkamlash;
- Sholi ekinlarini ishlab chiqarish va boshqarishni qo‘llab-quvvatlash; Inklyuziv qishloq xo‘jaligi siyosatini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash;
- Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish. Yangi loyihalar 2023 yilgacha amalga oshiriladi va ularning umumiy qiymati deyarli bir million dollarni tashkil etadi.
Izoh qoldirish