O‘zbekiston Google, Facebook va Yandex bilan ushbu kompaniyalarning serverlarini mamlakatda joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib boradi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Bu Internet-foydalanuvchilarning ushbu xizmatlar taqdim etadigan audio, video, dasturiy ta’minot va kontentning boshqa turlarini yuklab olish tezligini oshiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarovning so‘zlariga ko‘ra, bu respublikadagi foydalanuvchilar uchun Internetdan foydalanish tezligini oshiradi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, dunyoning yirik internet xizmatlarini kompaniyalari tomonidan server uskunalarini lokalizatsiyasi amalga oshiriladi. Shuningdek, foydalanuvchilar uchun telekommunikatsiya tarmoqlarining kengligini oshirish va aholi uchun ulanish tezligini o‘rtacha 10 dan 100 Mbit/s gacha, korxona va tashkilotlar uchun esa 100 dan ming 1000 Mbit/s gacha oshirish orqali foydalanuvchilarga internet tezligini 10 barobargacha oshirish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish