AQSh Davlat departamenti Mirziyoyevning OAV haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Davlat departamenti Mirziyoyevning OAV haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat tashkilotlarining ochiqligi va shaffofligi, rahbarlarning OAV va jamoatchilik bilan muomala madaniyati masalalariga to‘xtalib o‘tgan edi. AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Elis Uells davlat rahbarining OAVni himoya qilish borasidagi so‘zlarini olqishladi.

«Prezident Mirziyoyevning O‘zbekistonda OAVga qarshi tahdidlarni qoralayotganini va o‘zining matbuot erkinligi tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidlaganini eshitishdan xursandman», — deb yozdi u Twitter-sahifasiga.

«Jurnalistlar va blogerlar xavfsizligini va erkin ishlashini ta’minlash ochiqlikka yordam beradi va bundan demokratiya yanada kuchliroq bo‘ladi», — deya qayd etdi Elis Uells.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar