O‘zbekistonning davlat qarzi 23,3 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 23,3 mlrd dollarni tashkil etdi

Moliya vazirligining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i (davlat qarzi) 23,3 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 40,4 foizni tashkil etdi.

Xususan, 2020 yil yakuniga ko‘ra davlat tashqi qarzi 5,4 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 34,4 foizga oshib, 2021 yil 1 yanvar holatiga 21,1 mlrd. dollarga yoki YaIMga nisbatan 36,5 foizga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat tashqi qarzining hajmi 2021 yilning 1 yanvar holatiga 21,1 mlrd. dollar yoki YaIMga nisbatan 36,5 foizni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan tashqi qarz – 15,1 mlrd. dollar ekvivalenti yoki jami davlat tashqi qarzining 71,4 foizi;

O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz – 6,0 mlrd. dollar ekvivalenti yoki davlat tashqi qarzining 28,6 foizi.

Xususan, davlat tashqi qarzining asosiy qismi Osiyo taraqqiyot banki (5,0 mlrd. dollar), Jahon banki (3,7 mlrd. dollar) va Islom taraqqiyot banki (0,9 mlrd. dollar) hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat tashqi qarzi portfeli valyuta tarkibining 70,0 foizi - dollar, 11,3 foizi - yapon iyenasi, 9,5 foizi – SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 5,1 foizi – yevro, 4,1 foizi - boshqa valyutalardagi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xususan, 2020 yilning yakuni bo‘yicha jami davlat tashqi qarzining 17,5 foizi yoki 3,7 mlrd. dollar davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlashga, 12,4 foizi yoki 2,6 mlrd. dollar energetika sohasiga, 13,7 foizi yoki 2,9 mlrd. dollar elektr-energetika sohasiga, 11,5 foizi yoki 2,4 mlrd. dollar transport va transport infratuzilmasiga, 11,0 foizi yoki 2,3 mlrd. dollar uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi.

2020 yilning yakunida davlat qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari (davlat byudjeti va davlat korxonalari mablag‘laridan) 1,8 mlrd. dollarni tashkil etdi. Shundan, davlat tashqi qarzi – 1,1 mlrd. dollarni tashkil etib, asosiy qarz to‘lovlari – 656,5 mln. dollar, foiz to‘lovlari – 405,1 mln. dollarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonning davlat ichki qarzi – 666,9 mln. dollarga yetib, asosiy qarz to‘lovlari – 515,5 mln. dollarni, foiz to‘lovlari – 151,4 mln. dollarni tashkil etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar