YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga Ijtimoiy himoya yagona reyestri (IHYaR) topshirdi. Buning natijasida Moliya vazirligi tizimdan foydalanaish, uni ta’minlash va ta’mirlash ishlarini oilb borishga yagona ma’sul muassasa deb belgilandi.
Ijtimoiy himoyaning informatsion boshqaruv tizimi bo‘lmish Yagona reyestr aholiga ijtimoiy himoyani taqdim etishdagi mavjud bo‘lgan to‘siqlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Jahon banki va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida ishlab chiqildi. Bugungi kunga kelib IHYaR Moliya vazirligi huzuridagi AKT markazi tomonidan to‘liq mustaqil ravishda foydalanishi uchun tayyor holatga keltirilgan.
Tizim ijtimoiy himoya dasturlarini samarali boshqarishga qaratilgan bo‘lib, ariza berish, uni tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib to ijtimoiy nafaqalar to‘lovlarini amalga oshirish va ularni monitoring etishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qamrab olgan. Shuningdek, tizim ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy tasnifi va milliy ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi.
“Kambag‘allikni kamaytirish va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida kam ta’minlangan oilalarni aniqlashning yagona mezoni joriy etilib, eng kam iste’mol xarajatlari qiymatini aniqlash metodologiyasi tasdiqlandi. Ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun kam ta’minlangan oilalar darajasini aniqlash mezonlari soddalashtirildi. Buning natijasida “Yagona reyestr” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalarni avtomatik tarzda tayinlash tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yildi”, dedi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari Jamshid Abruyev. “Hozirda Moliya vazirligi AKT markazi xodimlari texnik yordam ko‘rsatishga va tizimni to‘liq boshqarishga tayyordirlar», deya ta’kidladi u.
YuNISEF IHYaRni rivojlantirishning navbatdagi bosqichini amalga oshirishda ham o‘z yordamini berishga tayyor. Bular jumlasiga ijtimoiy xizmatlarni yetkazishdagi boshqaruv jarayonlarni raqamlashtirish modulini ishlab chiqish, Temir, Ayollar va Yoshlar daftarlarini integratsiya etish, shuningdek, tabiiy ofat, ijtimoiy-iqtisodiy shok yoki boshqa sabablarga ko‘ra favqulodda holat yuz berganida yetkaziladigan ijtimoiy himoya maxsus dasturlarini joriy etishni kiritish mumkin.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri mamlakatda ijtimoiy himoya tizimini isloh qilishning umumiy strategiyasining bir qismi sifatida raqamli texnologik platformaning asosi hisoblanadi. IHYaR barcha ijtimoiy himoya dasturlarini amalga oshirishning markaziy mexanizmi bo‘lib rivojlanishi kutilmoqda. Ushbu tizim moliyaviy yordamni davlatijtimoiy xizmatlari, bandlik xizmatlari, nogironlik nafaqalari va boshqa ijtimoiy imtiyozlar bilan samarali bog‘lash orqali ijtimoiy himoyani inklyuziv va har tomonlama ta’minlash uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi», dedi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Joffri Ijumba.
So‘nggi uch yil ichida IHYaR 1 million 600 mingdan ortiq bolali oilalarga, xususan, pandemiya davrida kam ta’minlanganlik tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengish uchun ijtimoiy nafaqalar berish imkonini yaratdi. 2021 yil sentyabr oyidan boshlab qayta ko‘rib chiqilgan bolalar nafaqalari Yagona reyestr orqali boshqarila boshlandi.
Tizim vazirlik va idoralarga real vaqt rejimida 50 turdagi ma’lumotlar almashuvini amalga oshirish imkonini beradi, bu esa bolalar va ularning oilalari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni, ijtimoiy yordam yoki bandlikni ta’minlash xizmatlariga muhtoj bo‘lgan shaxslarni yanada keng qamrovli, samarali va faol tarzda qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
Izoh qoldirish