Hududlar kesimida ish haqi tahlili

Hududlar kesimida ish haqi tahlili

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili aholining umumiy daromadlari 515,7 trln. so‘mni tashkil etgan.

2020 yilga nisbatan aholi umumiy daromadlarining nominal va real o‘sish sur’ati mos ravishda 24,2% va 12,1% ni tashkil etgan.

Aholi daromadlarining tarkibi sifatida xodimlarga to‘langan nominal ish haqi tahlil qilinganda, O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal ish haqi 3 208,2 ming so‘mni tashkil etadi.

O‘tgan yili o‘rtacha oylik nominal ish haqining yuqori darajasi Toshkent shahri (4 947,0 ming so‘m) hamda Navoiy (4 055,3 ming so‘m) va Toshkent (3 423,9 ming so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

O‘rtacha oylik nominal ish haqining past darajasi Samarqand (2 459,0 ming so‘m), Farg‘ona (2 435,0 ming so‘m) va Namangan (2 402,3 ming so‘m) viloyatlarida kuzatilgan.

1-rasm. Hududlar bo‘yicha o‘rtacha nominal oylik ish haqi

Respublika bo‘yicha sohalar kesimida o‘rtacha oylik nominal ish haqining eng yuqori darajasi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati (8 292,9 ming so‘m), eng past darajasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish (2 157,8 ming so‘m) xodimlariga to‘lanadi.

2-rasm. Sohalar kesimida o‘rtacha nominal oylik ish haqi

Sanoat sohasida faoliyat yuritayotganlarning Navoiy viloyatida (5 936,3 ming so‘m) va Toshkent shahrida (4 778,20 ming so‘m) o‘rtacha nominal oylik ish haqi yuqori ekanligi kuzatildi. Shuningdek, sanoat sohasi xodimlari Toshkent, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida mos ravishda 4 328,2 ming so‘m, 3 958,2 ming so‘m va 3 912,3 ming so‘m miqdorida o‘rtacha oylik nominal ish haqi oladilar. Surxondaryo (2 673,1 ming so‘m) va Namangan (2 226,6 ming so‘m)viloyatlarida esa mazkur soha xodimlarining o‘rtacha oylik nominal ish haqi nisbatan pastroq ekanligi kuzatildi.

Respublika bo‘yicha qurilish sohasida o‘rtacha nominal oylik ish haqi 3 847,6 ming so‘mni tashkil etadi. Quruvchilarning o‘rtacha nominal oylik ish haqi eng yuqori ko‘rsatkichi Navoiy (4 803 ming so‘m) va Toshkent (4 573 ming so‘m) viloyatlarida kuzatilsa, eng past ko‘rsatkichi Andijon (2 256,5 ming so‘m) va Farg‘ona (2 204,0 ming so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.

Savdo sohasida faoliyat yuritayotganlarning o‘rtacha nominal oylik ish haqi Toshkent shahrida 3 792,9 ming so‘mni va Jizzax viloyatida 2 946,5 ming so‘mni tashkil etadi. Samarqandlik va farg‘onalik soha xodimlarining o‘rtacha nominal oylik ish haqi esa toshkentlik hamkasblariga nisbatan mos ravishda 1,98 va 2,10 baravar past ekanligi kuzatildi.

Tashish va saqlash xizmatlarida o‘rtacha nominal oylik ish haqi Toshkent shahrida 5 168,9 ming so‘mni va Xorazm viloyatida 4 749,40 ming so‘mni, Andijon viloyatida 1 802,0 ming so‘mni va Sirdaryo viloyatida 1 742,7 ming so‘mni tashkil etadi.

Axborot va aloqa sohasi o‘rtacha nominal oylik ish haqi (5 572,2 ming so‘m)yuqori bo‘lgan soha hisoblanadi. Poytaxtda faoliyat yuritayotgan mazkur soha vakillarining oylik nominal o‘rtacha ish haqi 6 849,20 ming szmni tashkil etib, hududlardagi hamkasblariga nisbatan 1,73-2,43 baravar ortiqligi kuzatilgan.

Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida o‘rtacha nominal oylik ish haqi Toshkent shahrida 10 972,80 ming so‘mni va Navoiy viloyatida 7 416,50 ming so‘mni tashkil etadi. Mazkur sohadagi hududlar o‘rtasida o‘rtacha nominal oylik ish haqi bo‘yicha yirik tafovut Namangan (5 688,30 ming so‘m) va Surxondaryo (5478,5 ming so‘m) viloyatida ko‘zga tashlanadi.

Ta’lim sohasi respublikada o‘rtacha nominal oylik ish haqi past bo‘lgan sohalardan biridir. Sohada o‘rtacha nominal oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi 3 477,90 ming so‘m (Toshkent shahri) va eng past ko‘rsatkich 2 053,4 ming so‘m (Qashqadaryo viloyati)ni tashkil etadi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda o‘rtacha nominal oylik ish haqi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida mos ravishda 2 632,7 va 2 532,6 ming so‘mni tashkil etadi. Farg‘ona (1 934,80 ming so‘m) va Qashqadaryo (1 776,4 ming so‘m) viloyatlarida esa o‘rtacha nominal oylik ish haqining nisbatan past darajasi qayd etilgan.

Shoiraxon Nurdinova

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar