2022 yilning ilk olti oyi yakuni bo‘yicha Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi umumiy tashqi savdo aylanmasining 21,3% tashkil etdi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo hajmi 223,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Viloyatning mazkur davlatlar bilan import hajmida 2021 yilning mos davriga nisbatan 12,3% pasayish kuzatilgan bo‘lsa, eksport hajmi 14,9% ga pasaygan.
Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasida 2021 yilning mos davriga nisbatan eng katta o‘zgarish Turkmaniston hissasiga to‘g‘ri kelib, 13,7 mln. AQSh dollariga pasaygan. Eng kichik o‘zgarish Tojikiston bilan tashqi savdoda kuzatilib, 0,2 mln. AQSh dollariga pasayish qayd etilgan.
2022 yilning birinchi yarim yilligi yakunida Farg‘ona viloyatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi hajmi quyidagicha:
- Farg‘ona viloyati tashqi savdo aylanmasi hajmida Qozog‘istonning ulushi yuqori bo‘lib, import hajmi 119,5 mln. dollarga, eksport hajmi esa 13,4 mln dollarga teng.
- Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 58,6 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 31,6 mln. dollarga, import hajmi yesa 27,0 mln dollarga yetdi.
- Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 18,3 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 15,1 mln. dollarga, import hajmi yesa 3,2 mln dollargacha pasaygan.
- Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 13,9 mln. dollarni tashkil etib, eksport hajmi 8,4 mln. dollarga, import hajmi esa 5,5 mln dollarga yetdi.
Nurdinova Shoiraxon, Namangan filiali bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish