2021 yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 532,2 mln.doll. tashkil etib, importning keskin kamayishi natijasida 284,5 mln.doll. yoki 34,8 %ga kamaygan.
Eksport hajmi 196,5 mln.doll. (+58,3%), import hajmi 335,7 mln.doll. (-51,5%) tashkil etdi.
Eksport hajmi 72,3 mln.doll. oshib, import hajmi 356,9 mln.doll. kamaydi. Hisobot davrida 139,2 mln.doll. salbiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 10 ta yirik (88,9%) hamkor-davlatlardan Afg‘oniston, Rossiya, Tojikiston va Turkiya davlatlari bilan ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 6 ta davlatlar bilan salbiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Viloyat 69 ta mamlakatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli ulushi Xitoy Xalq Respublikasi (23,4%), Koreya (17,5%), Turkiya (15,3%), Rossiya (14,7%), Qozog‘iston (6,0%), Litva (5,1%), Italiya (2,4%), Germaniya (1,6%), Afg‘oniston va Tojikiston Respublikalariga (1,5%) to‘g‘ri keladi.
2021 yilda viloyat eksport geografiyasi 2 ta davlatga (Braziliya va Portugaliya) kengaydi.
Viloyatdagi tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulush Jizzax shahrida 25,6%, eng quyi ulush Yangiobod tumanida 0,7%.
Ulug‘bek Xo‘jaqulov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Izoh qoldirish