Infografika: Samarqand viloyatida 2022 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish istiqbollari

Infografika: Samarqand viloyatida 2022 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish istiqbollari

Samarqand viloyatida xizmatlar sohasini rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan.

Viloyatda 2022 yilda 4 802,4 mlrd.so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 2021 yilning mos davrigaga nisbatan 112,9 foizga o‘sgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari buyicha ishlab chiqarilgan xizmatlarning asosiy ko‘rsatkichlari 2021 yilga nisbatan o‘sish surati (%da)

  • Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 117,7%
  • Moliyaviy xizmatlar 135,9%
  • Transport xizmatlari 110,5%
  • Yashash va ovqatlanish xizmatlari 105,3%
  • Savdo xizmatlari 107,8%
  • Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 116,7%
  • Ta’lim sohasidagi xizmatlar 87,9%
  • Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 114,4%
  • Ijara xizmatlari 100,9%
  • Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 109,3%
  • Shaxsiy xizmatlar 112,1%
  • Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 117,1%
  • Boshqa xizmatlar 127,1%

2022 yil yanvar-mart oylarida yuqori o‘sish moliya sohasidagi xizmatlarda (35,9%), boshqa xizmatlarda (27,1%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (17,7%), me’morchilik sohasidagi xizmatlarda (17,1%), shuningdek, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarda (16,7%) qayd etildi.

2022 yil yanvar-mart oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 238,3 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 5,0%ini tashkil etdi. 2021 yil yanvar-martga nisbatan o‘sish sur’ati 87,9%ni tashkil etgan. Taqqoslash uchun: 2021 yil yanvar-martda xizmatlar hajmi 239,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2020 yilga nisbatan esa 26,8%ga o‘sish qayd etilgan.IT Park masofaviy xizmatlarini joriy etish, OTMlarda startap inkubatsiya markazlarini tashkil etish, jamoat transportini rivojlantirish, kasbga o‘rgatish, xususiy klinikalarni rivojlantirish, muzeylarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish kabi chora tadbirlar belgilab olingan.

Murtazayev Ardasher
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Samarqand filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar