Infografika: O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik

Infografika: O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17-18 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘nggi 8 yil ichida O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy jihatlarini tahlil qiluvchi infografika tayyorladi.

Tahlil tovar ayirboshlash dinamikasini, eksport va importning asosiy tovar pozitsiyalarini ko‘rsatadi, bu esa hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini aniqlashga imkon beradi.

O‘zbekistonning Quvayt bilan savdosi

O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik ijobiy dinamika va kelgusida aloqalarni yanada rivojlantirish uchun amalga oshirilmagan katta salohiyatga ega. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2017 yildagi 288,6 ming dollardan 2024 yilda 6,73 mln dollarga o‘sdi, bu asosan O‘zbekistonning Quvaytga eksportini 247,2 ming dollardan 6,5 mln dollargacha oshirdi.

2024 yilda Quvaytga eksport qilinadigan tovarlar nomenklaturasi oziq – ovqat mahsulotlari (sabzavot va mevalar) – 0,2 mln dollar, aviadvigatellari uchun yoqilg‘i – 2 mln dollar, shuningdek, xizmatlar (havo transporti va turizm) - 4,4 mln dollar.

Quvaytdan import 157,7 ming dollarni tashkil etdi va kimyoviy mahsulotlar (pigmentlar, bo‘yoqlar) – 1,0 ming dollar, qog‘oz mahsulotlari – 10 ming dollar, shuningdek, xizmatlar (pochta va sug‘urta) – 147,6 ming dollar.

Investitsiyaviy hamkorlik

O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik o‘sish va rivojlanish uchun salmoqli salohiyatni namoyish etmoqda. 2024 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Kuvayt investitsiyalari ishtirokidagi 7 ta korxona ro‘yxatga olingan.

2017-2024 yillar davomida Quvaytdan O‘zbekistonga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy hajmi 12,6 mln dollarni tashkil etdi.

O‘zaro savdo istiqbollari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi savdo sohasida hali foydalanilmagan katta salohiyat mavjud. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik, charm mahsulotlari, tamaki mahsulotlari, yog‘ochni qayta ishlash va kimyo sanoati sohalarida eksportni ko‘paytirish imkoniyatlari mavjud.

Xususan, Quvaytga quyidagi mahsulotlarni eksport qilish imkoniyati mavjud:

- qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shuningdek, quritilgan mevalar, yangi sabzavot va poliz mahsulotlari 31 mln dollargacha;

- sholg‘omsimon dumaloq piyoz, shalot piyozi, sarimsoqpiyoz, piyoz-porey, shuningdek, boshqa piyozli sabzavotlar 29 mln dollargacha

- tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, shu jumladan, kostyumlar, to‘plamlar, pidjaklar va ko‘ylaklar 56 mln dollargacha;

- kiyim-kechak va kiyim-kechak aksessuarlari 45,5 ming dollargacha;

- gilam va boshqa pol qoplamalari 25 mln dollargacha;

- mebel va choyshablar 44 mln dollargacha;

- efir moylari va parfyumeriya mahsulotlari 181 mln dollargacha;

- plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar 22 mln dollargacha.

Turizm sohasida ham salmoqli salohiyat mavjud, xususan, ziyorat turizmini kengaytirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu esa turizm infratuzilmasini rivojlantirish va turizm daromadlarining oshishiga yordam beradi.

Shunday qilib, O‘zbekistonning Kuvayt bozoriga eksport hajmi va mahsulotlar nomenklaturasini kengaytrish, shu jumladan, ushbu mahsulotlarni keyinchalik Fors ko‘rfazi mamlakatlariga reeksport qilish, shuningdek, turistik xizmatlar eksportini oshirish istiqbollari mavjud.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar