Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi platformasidagi Hukumat Akseleratori 100-kunlik natijalarini sarhisob qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi platformasidagi Hukumat Akseleratori 100-kunlik natijalarini sarhisob qildi

Akselerator guruhlari 3 ta yo‘nalishda o‘z faoliyatlarini amalga oshirdilar. Bu yo‘nalishlar fuqarolarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash tizimini shakllantirish, energetika statistikasini takomillashtirish va halqaro standartlarga moslashtirish, tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha reytinglarini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.

Akselerator doirasida 100 kun ichida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha muammolar hal qilindi. Ular orasida:

  • fuqarolarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash tizimi (BAHO.GOV.UZ portali ishga tushirildi);
  • energetika statistikasini takomillashtirish va halqaro standartlarga moslashtirish;
  • tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha reytinglarini shakllantirish.

Belgilangan sohalarda muammolarni hal etish jarayoniga vazirlik va idoralar, xususiy sektor, tadqiqot markazlari va boshqa tashkilotlar vakillari jalb etildi. Garvarduniversiteti va Birlashgan Arab Amirliklari Akcyelerator bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan metodologiya asosida ilmiy tadqiqotlar, seminarlar o‘tkazildi.

Tadbir davomidagi Akselerator guruhlari koordinatorlari tomonidan tegishli sohalarda 100 kunlik davr davomida bajarilgan ishlar natijalari va erishilgan natijalar taqdim etildi.

Fuqarolarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasini baholash

O‘rganilgan xorijiy tajriba asosida Akselerator guruhi tomonidan fuqarolarni qoniqish darajasini o‘lchash konsepsiyasi ishlab chiqildi va BAHO.GOV.UZ interaktiv portali ishga tushirildi, bu esa fuqarolarning O‘zbekistonda davlat xizmatlari bilan qoniqish darajasini baholash imkonini beradi.

Fuqarolar 5 ta mezon bo‘yicha maxsus QR-kod yordamida ushbu portal orqali davlat xizmatlari to‘g‘risida (1-5 gacha tizimda) o‘z fikr-mulohazalarini qoldirishlari mumkin:

  • murojaatni ko‘rishda muddatlarga amal qilish;
  • xizmat ko‘rsatish malakasi;
  • odob qoidalariga rioya qilish;
  • adolatli yondashuv;
  • murojaat qilish uchun sharoitlar mavjudligi.

QR-kod yordamida berilgan baholar avtomatik ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri BAHO.GOV.UZ portalida o‘z aksini topadi. Shu bilan birga, bitta foydalanuvchiga kuniga faqat bir marta baho berishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, portalda to‘plangan ballar bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi muassasalar reytingi shakllantiriladi.

BAHO.GOV.UZ portaliga bugungi kunda Toshkent shahridagi jami 223 ta muassasalar ulanishi ta’minlandi va ularga maxsus QR-kodlar o‘rnatildi.

Energetika statistikasi hisobini shakllantirish

Akseleratorning yana bir guruhi BMTning statistika tashkiloti va Xalqaro energetika agentligi standartlari asosida, respublikada yoqilg‘i-energiya manbalaridan oqilona foydalanish va samaradorligini ta’minlash imkonini beruvchi yagona yoqilg‘i-energetika balansini mavjud emasligi qayd etdi.

Shunga ko‘ra, Akselerator guruhi mamlakatda BMTning statistika tashkiloti va Xalqaro energetika agentligining yoqilg‘i-energetika balansi ko‘rsatkichlarining tuzish bo‘yicha tavsiyalarini o‘rganib chiqib, respublikamizda shakllantirilayotgan energetika statistikasi bo‘yicha ma’lumotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va yetishmayotgan ma’lumotlarni qamrab olish bo‘yicha amaldagi statistika hisobotlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritdi.

100 kun ichida ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi:

Birinchi bosqichda BMTning statistika tashkiloti hamda Xalqaro energiya agentligining yoqilg‘i, energiya balanslari o‘rganib chiqildi va ulardagi mavjud 54 ta ko‘rsatkichlar ro‘yxati tuzildi hamda Respublikaning joriy yoqilg‘i, energiya balansida yetishmayotgan 10 ta ko‘rsatkichlar aniqlandi.

Bundan tashqari aniqlangan ko‘rsatkichlarni shakllantirish maqsadida amaldagi 1-kb shakli, (yillik) statistika hisobotiga 8 ta hamda 1-energo (yetkazish) shakli, (yillik) statistika hisobotiga 13 ta qo‘shimcha ko‘rsatkichlar kiritildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra amaldagi statistika hisobotlariga kiritilgan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar asosida olingan ma’lumotlardan shuningdek, xalqaro tavsiya va qo‘llanmalardan foydalanilgan holda 2020 yil uchun dastlabki yoqilg‘i energiya balansi tayyorlandi.

Respublikaning energetika sohasidagi maqsadli parametr ko‘rsatkichlarining samaradorligini oshirishda yoqilg‘i-energiya balansining ahamiyatliligi:

- Birlamchi energiya mahsulotlarini ishlab chiqarish miqdorlarini kuzatib borish va baholash;

- Ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan yoqilg‘i-energiya resurslarining zahira qismini kuzatib borish va baholash;

- Elektr energiyasini ishlab chiqarishdagi yoqilg‘i sarflarini aniqlagan holda, energiya samaradorligini oshirish;

- Birlamchi energiya mahsulotlarini qayta ishlash natijasida olinadigan boshqa yoqilg‘i, energiya turlarini ishlab chiqarilishni kuzatib borish hamda ularning samaradorligini baholash;

- Iqtisodiyotning sanoat va boshqa tarmoqlarining yoqilg‘i, energiya resurslari iste’molini kuzatib borish va baholash;

- Respublika aholisining yoqilg‘i, energiya resurslaridan foydalanish hajmini kuzatib borish va baholash;

- Yoqilg‘i, energiya sohasidagi yo‘qotishlar va energetika sohasining o‘z ehtiyojiga bo‘lgan iste’molini baholash;

- Respublikadagi jami yoqilg‘i va energiya resurslarining taqsimoti va ularning samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.

Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha reyting baholarini yuritish

Akcyelerator guruhi bugungi kunda iste’molchilar tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchilari, pudratchilari va sotuvchilari to‘g‘risida ishonchli va to‘liq ma’lumotlarga ega emasligini aniqladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha reytinglarni yuritish tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi vakillaridan iborat ishchi guruh tuzib, reyting tizimi hamda uning metodologiyasini joriy etuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

2021 yilda reyting bahosi axborot tizimi ishlab chiqilgandan so‘ng test rejimida 2022 yildan boshlab to‘liq hajmda amalga oshiriladi, reyting bahosi natijalari esa har yili tarmoq vazirliklari va idoralari tomonidan tanqidiy muhokama qilinib, ularni yaxshilash bo‘yicha asosli takliflar tayyorlanib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi reyting koordinatori, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi esa ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash operatori etib belgilandi.

Reyting doimiy ravishda shakllantiriladi va har oy yangilanib turadigan, reyting uchun maxsus yaratilgan veb-saytga joylashtiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun jamoatchilik ovozi ham mavjud bo‘ladi, natijalar onlayn tarzda aks ettiriladi va to‘plangan ballarning o‘rtacha qiymatida ko‘rsatiladi.

Quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning har bir to‘plami uchun 1 dan 5 ballgacha belgilangan talablarga rioya qilish darajasiga qarab belgilanadi, shuningdek, korxonaning o‘rtacha bahosi ham mavjud.

Axborot yig‘ish manbalariga ochiq ma’lumotlar portali, korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri, Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan tizimlari, Davlat statistika qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga kelib tushgan murojaatlar kiradi.

Kelgusida, tizimlar integratsiyasidan so‘ng, reytingda ishtirok etish uchun barcha yuridik shaxslarni qamrab olish rejalashtirilmoqda, bu esa tovarlar va xizmatlar sifatini oshirishga yordam beradi, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlariga reytingi taqdim etiladigan ma’lumotlarni olish orqali yanada ishbilarmonlik sherikligi xavfini baholash imkonini beradi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar