Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 14 iyul holatiga ko‘ra aholining iste’mol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun: indeks go‘sht va sut mahsulotlari (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (no‘xat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyog‘ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining iste’mol odatlarini tavsiflovchi og‘irliklar qo‘llanildi (ya’ni, aholi o‘rtasida ushbu mahsulot qancha ko‘p iste’mol qilinsa, uning og‘irligi shuncha yuqori bo‘ladi).
Natijada quyidagilar aniqlandi:
2020 yil 14 iyul holatiga oziq-ovqat narxlari indeksi respublikada o‘tgan haftaga nisbatan +0.44% tashkil etdi.
Ma’lumot uchun: o‘rtacha narxlarning o‘tgan haftaga nisbatan o‘sishi karam (+ 12,82%) narxida kuzatildi va 1 kg uchun 1302 so‘mni tashkil etdi. Bundan tashqari, oshqovoq (1 kg) 10,05% ga oshdi va narxi 3569 so‘mni tashkil etdi. Piyoz (+ 6,2%), sabzi (+ 4,15%), bodring (2,8%) kabi mahsulotlarning ham narxlarida o‘sishi kuzatildi. Mol go‘shtining narxi 22 foizga oshdi va 1 kg uchun 51 968 so‘mni tashkil etdi. Tuxum 0,52 foizga qimmatladi va uning narxi (har o‘ntasi) 8444 so‘mni tashkil etdi. O‘tgan hafta bilan taqqoslaganda qo‘y go‘shti (1 kg), parranda go‘shti (1 kg) va baliq (1 kg) narxlarining o‘zgarishi ahamiyatsiz bo‘lib, mos ravishda 53744 so‘m, 21144 so‘m va 22584 so‘m (1-jadval).
1-jadval. 14 iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining o‘tgan haftaga nisbatan foizda o‘sishi yoki pasayishi, (%)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika xizmati tezkor ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Shuningdek, mavsumiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari keskin pasaygani kuzatildi.
Ma’lumot uchun: tarvuzning narxi (1 kg) -7,5% ga tushib, 1628 so‘mni tashkil etdi. Qovun (1 kg) va nok (1 kg) o‘tgan hafta bilan taqqoslaganda 2% ga arzonlashdi va narxi mos ravishda 3344 so‘m va 14842 so‘mni tashkil qildi. Olma narxi (1 kg) -1,5 foizga tushib, 9151 so‘mni tashkil etdi. Sut narxlarida bir oz pasayish kuzatildi va bir litri uchun 5376 so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan hafta bilan taqqoslaganda sariyog ’, o‘simlik moyi va bug‘doy unining o‘rtacha narxi o‘zgarmadi (1-jadval).
Hududlar bo‘yicha narxlar indeksining sezilarli o‘sishi Qashqadaryo viloyatida (+ 1,82%), Andijon viloyatida (+ 1,28%), va Sirdaryo viloyatlarida (+ 1,15%) kuzatildi. Namangan viloyati va Toshkent shahrida ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 0,77% va 0,73% ni tashkil etdi. Boshqa viloyatlarda mahsulot narxining o‘sishi va shu sababli indeksning o‘zgarishi sezilarsiz bo‘ldi.
Toshkent viloyatida narxlar indeksi -0,81% ni tashkil etdi, bu esa ushbu hududda oziq-ovqat narxlarining 0,81% ga pasayganligidan dalolat beradi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida narxlar indeksining mos ravishda -0.46% va -0.16% ga pasayishi kuzatildi.
Izoh qoldirish