2022 yil yakuni bilan Jizzax viloyatidagi mehnat resurslari soni 791 123 kishini, shundan iqtisodiy faol aholi soni 605 031 kishini, iqtisodiy nofaol aholi soni esa 186 092 kishini tashkil etgan. Iqtisodiy faol aholining 90,7%, ya’ni 548 512 kishi ish bilan band bo‘lgan.
Iqtisodiy faol aholining 9,3%, ya’ni 56 518 kishi ishsiz bo‘lgan.
Rasmiy sektorda band aholi soni 226 807 kishini yoki iqtisodiy faol aholining 37%ni tashkil etgan.
Norasmiy sektorda band aholi soni 273 497 kishini yoki iqtisodiy faol aholining 45%ni tashkil etgan.
Yaratilgan ish o‘rinlari soni 240 740 tani, shundan eng yuqori qo‘rsatkichlar Sh.Rashidov tumani 32 511 ta, Do‘stlik tumani 24 025 ta, aksincha eng quyi ko‘rsatkichlar Yangiobod tumani 5 580 ta va Forish tumani 12 264 tani tashkil etgan.
Tarmoqlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati 8 329,3 ming so‘m, Axborot va aloqa 4 696,5 ming so‘m, Tashish va saqlash 3 432 ming so‘m, Savdo 3 402,7 ming so‘m va Sanoat 3 149,6 ming so‘mni tashkil etib, eng past ko‘rsatkichlar Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasi 2 465,4 ming so‘m, Ta’lim 2 503,9 ming so‘m, Qurilish 2 524,4 ming so‘mni tashkil etdi.
Izoh qoldirish