Infografika: Jizzax viloyati sanoat sohasining 2022 yil yakunlari

Infografika: Jizzax viloyati sanoat sohasining 2022 yil yakunlari

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida jami 11 149,5 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 107,8%ni (7-o‘rin), respublikadagi ulushi 2%ni (13-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari G‘allaorol (137,6%), Forish (113,7%) va Paxtakor (107,8%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Arnasoy (87,8%) Yangiobod (98,1%) va Zarbdor (98,2%) tumanlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan kam bo‘ldi.

Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 63 foizi Jizzax shahri (34%), G‘allaorol (19%) va Zafarobod (10%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi o‘sib 13,1%ni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 0,9 punktga o‘sgan bo‘lsada, respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan (26,7%) 2 barobar kam. (13-o‘rin)

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 7 639,4 ming.so‘mni (10-o‘rin), o‘sish sur’atlari 105,4%ni (7-o‘rin) tashkil etdi.

Jizzax shahri (20 210 ming so‘m), Zafarobod (21 237 ming so‘m), Do‘stlik (12 668 ming so‘m), G‘allaorol (11 740 ming so‘m) va Paxtakor (8 427 ming so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari viloyat o‘rtacha darajasidan yuqori, Baxmal (616 ming so‘m) va Yangiobod (1 464 ming so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Jami sanoat mahsulotlarining 94% qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tog‘-kon sanoati ulushi - 2%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim xosil qilish ulushi – 3%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 1% ni tashkil etdi.

Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (31%), avtotransport vositalari, treyerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (19%), boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish (16%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (13%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.

Sanoat yo‘nalishida 696 ta yangi korxonalar tashkil etilib, jami sanoat korxonalari 4 469 tani sohada KBS ulushi 49,9% tashkil etdi.

Sohada 118 ta xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatib, jami xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning 52%ni tashkil etadi.

Xo‘jaqulov Ulug‘bek
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar