1-chorak davomida Jizzax viloyatida jami qurilish ishlari hajmi 658,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 100,6%ga oshdi. Qurilish ishlari yalpi hududiy mahsulot (YaHM)dagi ulushi 13%ni tashkil etdi. Qurilish sohasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ishchi xodimlarning 2023 yil 1-choragida o‘rtacha oylik ish haqi 3,600 mln.so‘mni tashkil etdi.
Qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlarning 74% qismi kichik va mikrokorxonalar tomonidan, 5% - yirik korxonalar va 21% - norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan.
Jizzax viloyatida amalga oshirilgan jami qurilish ishlarining 45% qismi Jizzax shahrida, 14% - Sh.Rashidov tumanida, 12% - Zomin tumanida amalga oshirilgan. Qurilish ishlari eng kam Yangiobod, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida amalga oshirilgan.
Jizzax viloyatida jami 1571 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritib, ularning soni o‘tgan yilga nisbatan 25%ga kamaygan. Qurilish korxonalarining 80% qismi bino va inshoatlar qurilishi, 13% - fuqarolik ob’yektlari va 7% - ixtisoslashtirilgan qurilish ob’yektlari qurilishi bilan shug‘ullanishadi. Qurilish firmalarining aksariyati Jizzax shahri (39%), Sh.Rashidov (15%) tumanida joylashgan. Zafarobod (1%), Yangiobod (2%) va Arnasoy (2%) tumanlari qurilish firmalari soni eng kam hududlar hisoblanadi.
Izoh qoldirish