Jizzaxda krossover avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Jizzaxda krossover avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Jizzaxda Xitoyning yirik "DONG FENG" va "CHANGAN" avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikda krossover "DONG FENG" va “New Star Truck” avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda 2021—2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlangan Prezident qarorida keltirilgan.

Loyiha quvvati yiliga 27 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Loyiha 16,2 million dollarga baholangan bo‘lib, shundan 10,5 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar, 5,6 million dollar o‘z mablag‘lari tashkil etadi.

Loyiha Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilishi hamda zavodda 3 xil turdagi krossoverlar, 2 xil turdagi yengil yuk tashuvchi va mikroavtobuslar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda zavod hududida keng ko‘lamdagi qo‘rilish ishlari boshlab yuborilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar