Jizzax viloyatining 2023 yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha sanoat sohasi tahlil qilindi

Jizzax viloyatining 2023 yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha  sanoat sohasi  tahlil qilindi

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 14 271,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 107,3% ni, respublikadagi ulushi 3,1% ni tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari G‘allaorol (116,8%), Baxmal (110,2%) va Mirzacho‘l (107,4%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Do‘stlik (100,1%) tumanida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan o‘sish deyarli kuzatilmadi.

Sanoat mahsulotlari hajmining 68,3 foizi G‘allaorol tumani (48,7%) va Jizzax shahri (19,6%), hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi o‘sib 16,5% ni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 3,4 punktga o‘sgan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 9 593,4 ming.so‘mni (7-o‘rin), o‘sish sur’atlari 105% ni tashkil etdi.

G‘allaorol (37 792,9 ming so‘m), Zafarobod (23 266,4 ming so‘m) tumanlari va Jizzax shahrida (14 497,4 ming so‘m) aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari viloyat o‘rtacha darajasidan yuqori, Baxmal (523,4 ming so‘m) va Mirzacho‘l (1 567 ming so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Jami sanoat mahsulotlarining 96,9% qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tog‘-kon sanoati ulushi – 1,4%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim xosil qilish ulushi – 1,2%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,4% ni tashkil etdi.

Qayta ishlash sanoati tarkibidagi avtotransport vositalari, treyerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (47,8%), to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (18%), kimyo, rezina va plastmassa mahsulotlar ishlab chiqarish (5%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (6,9%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.

1 oktyabr holatiga sanoat yo‘nalishida 2 752 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 746 tasi Jizzax shahriga (27,1%), 387 tasi Sh.Rashidov tumaniga (14,1%) va 323 tasi G‘allaorol tumaniga (11,7%) to‘g‘ri keladi.

Saibov Farrux Farxodovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar