Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘zining sharhida ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlarni muntazam tahlil qiladi.
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk savdosi 2023 yilda 5,7 foizga oshdi. Yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotildi, bu o‘tgan yilgi 257 mingta shartnomalarning umumiy ko‘rsatkichlaridan oshdi.
Geografik reyting yetakchilari
Bitimlar hajmining sezilarli o‘sishi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi, bu o‘sish bo‘yicha barcha hududlarni ortda qoldirib, Qashqadaryo viloyatidan keyin ikkinchi o‘rinda, mos ravishda 16,8% va 17,1%ni tashkil etdi.
Barcha hududlarda uy-joy sotish bo‘yicha bitimlarning o‘sishi kuzatildi, faqat kapital faoligi biroz – 2,7%ga kamaydi.
Albatta, ko‘chmas mulkni sotish hajmining o‘sishiga O‘zbekistonda ipoteka bozorining rivojlanishi yordam berdi, kredit berish hajmi yil davomida qariyb 17 foizga o‘sib, banklar tomonidan aholiga 16,9 trln. so‘m kreditlar berildi.
Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat
2023 yilda poytaxtning uy-joy ijarasi bozori barqarorlashdi. Umuman olganda bir yil ichida Toshkent shahrida o‘rtacha ijara narxi 10,2%ga pasaydi va har kv.m. uchun 9,2 dollarni tashkil etdi. Bir yil oldin bir kv.m. uchun poytaxtda ijara narxi 34,6%ga oshgan edi.
Poytaxtning barcha tumanlarida ijara narxining pasaygani e’tiborga molik.
O‘rtacha hisobda eng qimmat uy-joy ijarasi Shayxontohur (11,8 doll), Yakkasaroy (10,8 doll) va Mirobod (11,4 doll) tumanlarida qayd etildi.
Ijara narxlarining nisbatan pastligi Uchtepa (7,9 doll), Sergeli (6,9 doll) va Bektemir (5,7 dol) tumanlarida kuzatildi.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori
Ikkilamchi uy-joy bozorida narx parametrlari sezilarli darajada o‘zgardi. Yil davomida ikkilamchi bozor 17,5 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, yilning birinchi yarmida o‘rtacha oylik o‘sish 1,8%ni, ikkinchisida esa 1%ni tashkil etdi.
Ikkilamchi bozor uchun ipoteka kreditlari bir yil davomida qariyb ikki barobarga oshdi va 7,1 trln. so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan yilga nisbatan ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining eng katta o‘sishi Xorazm – 30,1%, Toshkent – 28,9% va Buxoro viloyatlarida - 24,5% qayd etildi.
Ikkilamchi uy – joy narxlarining yuqoriligi poytaxtda – kv.m. uchun 1123 doll., shuningdek, Samarqand – 714 doll. va Toshkent - 627 doll. viloyatlarida kuzatildi.
Shu bilan birga, arzonroq uy-joy narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 314 doll., Sirdaryo – 348 doll. va Jizzax – 380 doll. viloyatlarida qayd etildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozorini ko‘rib chiqish Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqot yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u birlamchi va ikkilamchi ko‘chmas mulkning bozorlaridagi faollik dinamikasini taqdim etadi. Ma’lumotlar hisobot oyi uchun ham, yil boshidan hisobot oyigacha bo‘lgan davr uchun ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, bozor dinamikasini kuzatish uchun o‘tgan yilning shu davriga oid ma’lumotlar taqdim etiladi.
Jaloliddin Usmonov,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
tel: (78) 150 02 02 (417)
Izoh qoldirish