Qozog‘iston O‘zbekiston bilan o‘zaro savdoni 10 milliard dollarga oshirish, shuningdek, investitsiyaviy munosabatlar, savdo, sanoat kooperatsiyasi hamda transport va logistika sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator bitimlar tuzishni rejalashtirmoqda.
Ushbu masalalar Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya vaziri B.Sultanov boshchiligidagi delegatsiya bilan kengaytirilgan uchrashuvda hal qilindi.
Ikki tomonlama savdoni rivojlantirish masalalari Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Baxit Sultonov, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Transport vaziri Ilhom Maxkamov va Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev uchrashuvida muhokama qilindi.
Ishtirokchilar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollargacha oshirishni hamkorlikdagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgiladilar.
Tomonlar “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi (MSTES) loyihasini amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar.
- Biz ushbu markazni Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi savdo-sanoat markazlarining yagona ekotizimi va Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy yuk tashish markazi deb bilamiz, – dedi Baxit Sultonov.
Bundan tashqari, ushbu Markazning sanoat yo‘nalishi bo‘yicha kelishuvga erishildi va bu ikki mamlakat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga imkon beradi.
Bu markazning maksimal iqtisodiy samarasiga erishish va Shimoliy-Janubiy, G‘arbiy Yevropa – g‘arbiy Xitoy transport yo‘laklari bilan integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Qozog‘iston tomoni MSTESning Qozog‘iston hududidagi “Olatau” transchegara savdo markazi (STT) va “Xorgos” (MSPS) chegaraviy hamkorlik xalqaro markazini o‘zbek-afg‘on chegarasidagi “Termiz” xalqaro savdo markazi va O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Turkmaniston chegaralarida rejalashtirilgan shunga o‘xshash chegara markazlari bilan bog‘lash taklif qilindi.
Vazirlar Qozog‘iston investorlari hisobidan O‘zbekistonda qo‘shimcha 3ta ulgurji-taqsimlovchi markazini (ORS) qurish, qo‘shni respublikaning shimoliy viloyatlarida o‘zbek biznesi tomonidan xuddi shunday markazlarni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Izoh qoldirish