Markaziy bank ipoteka kreditlarining foizlari bo‘yicha taxminiy hisob-kitoblarni ma’lum qildi

Markaziy bank ipoteka kreditlarining foizlari bo‘yicha taxminiy hisob-kitoblarni ma’lum qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4701-sonli qaroriga asosan bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorlari belgilandi.

Unga ko‘ra,

- qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln. so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 mln. so‘mdan 310 mln. so‘mgacha;

- shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln. so‘mdan 240 mln. so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 mln. so‘mdan 320 mln. so‘mgacha;

- Toshkent shahrida 2-xonali kvartiralar uchun 198 mln. so‘mdan 264 mln. so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 mln. so‘mdan 352 mln. so‘mgacha oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 62-moddasida kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi qayd etilgan.

Shundan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining foizlari bo‘yicha taxminiy hisob-kitoblarni shartli ravishda keltirib o‘tamiz:

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar