Markaziy bank joriy hafta uchun valyutalar kursining yangi qiymatini ma’lum qildi
Markaziy bank joriy hafta uchun valyuta kurslarini ma’lum qildi. 26 yanvar kunidan boshlab dollar va yevro kurslari ko‘tariladi.
Markaziy bank bergan xabarga ko‘ra, 26 yanvardan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 18,18 so‘mga ko‘tarilib, 10 518,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 115,58 so‘mga ko‘tarilib, 12 798,46 so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 19 yanvardan 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 27,61 so‘mga ko‘tarilib, 10 500,81 so‘mni, yevro 113,28 so‘mga pastlab, 12 682,88 so‘mni tashkil qilgan edi.
Izoh qoldirish