1 sentyabr holatiga ko‘ra, banklardagi eng yuqori stavkalar 20-22 foiz oralig‘ida bo‘ldi. Yillik o‘rtacha stavka 21,1 foizni tashkil etdi.
Markaziy bank Bank tizimidagi TOP-10 tijorat bankining yuqori foiz stavkalari bo‘yicha amalga oshirilgan navbatdagi monitoring natijalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabr holatida ushbu banklardagi aholi omonatlarining yuqori foiz stavkalari 20-22 foiz atrofida shakllanib, o‘rtacha 21,1 foizni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, aholi omonatlari bo‘yicha yuqori foiz stavkalarini aniqlashda, barcha mijozlar, shu jumladan, potensial mijozlar uchun ommabop bo‘lgan, cheklovlar va oldindan shartlar mavjud bo‘lmagan bank omonatlarining yuqori stavkalari hisobga olindi.
Alohida toifadagi mijozlar (pensioner, bolalar, talabalar va h.k.) uchun mo‘ljallangan hamda kapitalizatsiya qilinadigan omonatlar hisobga olinmagan.
Izoh qoldirish