Davlat banklari ichida muammoli kreditlarning sezilarli kamayish 3 ta bank kuzatilgan.
Markaziy bank tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to‘g‘risida 2021 yil 1 sentyabr holatiga ma’lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, muammoli kreditlar qoldig‘i avgust oyi davomida 414 mlrd. so‘mga kamaygan. Natijada bank tizimidagi muammoli kreditlarning jami kredit portfeldagi ulushi 6,2 foizdan 6,0 foizgacha tushgan.
Muammoli kreditlarning sezilarli kamayishi davlat banklari ichida:
- O‘zmilliybankda -241 mlrd.so‘m;
- Xalq bankida -252 mlrd. so‘m;
- Qishloq qurilish bankida -174 mlrd. so‘m;
- Xususiy banklardan esa Turkiston bankda -135 mlrd. so‘m kuzatilgan.
Muammoli kreditlar o‘sishi kuzatilgan banklar:
- Mikrokreditbank +200 mlrd. so‘m;
- Kapital bank +68 mlrd. so‘m;
- Savdogarbank +55 mlrd. so‘m;
- Ravnaq bank +21 mlrd. so‘m.
Izoh qoldirish