Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni to‘lash tartibi o‘zgartirildi

Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni to‘lash tartibi o‘zgartirildi

Nizomga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (vakolatli organ) soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish yoxud uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi kiritilgan kundan e’tiboran 30 kun mobaynida qarorni qabul qiladi.

Soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berish nazarda tutilgan taqdirda:

➖ kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilayotgan soliq turi (turlari);

➖ qarz summasi;

➖ kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilayotgan soliq turi (turlari) bo‘yicha muddat;

➖ qarz summasini va hisoblangan foizlarni to‘lash tartibi hamda muddatlarini o‘zida aks ettirgan qarorning nusxasi hokimliklar tomonidan manfaatdor shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga va manfaatdor shaxsga ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 ish kuni mobaynida yuboriladi.

Shuningdek, nizom bilan mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan tarmoqlar va faoliyat turlari ro‘yxati ham ko‘rsatildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar