Qoraqalpog‘istondagi Akchako‘l va Sudoche ko‘llarida sayyohlik zonalari tashkil etiladi

Qoraqalpog‘istondagi Akchako‘l va Sudoche ko‘llarida sayyohlik zonalari tashkil etiladi

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi Investitsiya portaliga Qoraqalpog‘iston Respublikasida rejalashtirilgan turizm sohasidagi 2 ta investitsiya taklifini joylashtirdi: bu Akchako‘l ko‘lida sayyohlik kompleksi va Sudoche ko‘lida qushlarni kuzatish punktlarini yaratish (qushlarni kuzatishni ommalashtirish) bo‘yicha maxsus ekoturizm majmuasini yaratish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining loyihalari keng sarmoyadorlar uchun imkoniyatlarini ochishga, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va bandlikni ta’minlashga, mintaqani yangi sayyohlik yo‘nalishi sifatida ommalashtirishga, shuningdek ekologik muvozanatni saqlashga va noyob biologik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan.

Investitsiya loyihasiga ko‘ra Akchako‘l ko‘lida, mehmonxonalar majmuasi va o‘tovlar, cho‘milish va dam olish maskani, mavzuli parklar va restoranlar, suv attraksionlari (suv skuterlari, katamaranlar, yaxtalar, qayiqlar, suv batutlari) va sport majmuasi (plyaj futboli, voleybol, tennis, velosiped ijarasi va boshqalar) qurish rejalashtirilgan.

Rejalashtirilgan majmuaning maydoni 5 gektarni tashkil etadi, yiliga 50-60 ming kishiga xizmat ko‘rsatish mumkin. Loyihaning umumiy qiymati 2 million dollarga baholanmoqda. Bunga qurilish-montaj ishlari, zarur uskunalar sotib olish va boshqa xarajatlar kiradi. Loyihani o‘zini oqlash muddati 4-5 yilni tashkil etadi. Investitsiyaviy taklif haqida batafsil ma’lumot bu yerda ssilka.

Mo‘ynoq tumanidagi Sudoche ko‘li bo‘yida loyihani amalga oshirish uchun 70 ming dollar jalb qilish kerak. Bundan, loyihaning umumiy qiymati 83 ming dollarni tashkil etadi, qolgan xarajatlarni loyiha tashabbuskorlari to‘laydi. Investitsion taklif doirasida turar joy va ovqatlanish joylari, transport vositalari (ATV va qayiqlar) sotib olish va mini-quyosh energiyasini o‘rnatish rejalashtirilmoqda, zarur infratuzilmani qurish investitsiyalarning to‘liq hajmini jalb qilgan vaqtdan boshlab 3 oyni tashkil etadi. Ushbu loyiha yiliga 9-10 ming turistga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi. Tashabbuskorlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, loyihani o‘zini oqlash muddati ishga tushganidan keyin 2 yil bo‘lishi kutilmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, Sudoche ko‘llari tizimi G‘arbiy Osiyo ko‘chib yuruvchi qushlarning ko‘plab turlarining migratsion oqimida joylashgan. So‘nggi yillarda ornitologlar noyob manzarani kuzatmoqdalar: ko‘lda uyalariga pushti flamingolarning katta koloniyalari kelishi. Hozirgi vaqtda suv ombori hududida Sudoche ornitologik qo‘riqxonasi tashkil etildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar