2022 yil yanvar-iyun oylari davomida viloyat yalpi hududiy mahsuloti(YaHM)da kichik biznesning ulushi 70%ni tashkil qilgan. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalarning canoatdagi ulushi 32,0%, qurilish 63,9%, va xizmatlar ko‘rsatish ulushi 18,2%ni tashkil qilgan.
Viloyatda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2 477,7 mlrd. so‘m qiymatidagi sanoat maxsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7%ga oshgan.
2022 yil birinchi yarim yilligida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmat hajmi 1 240,4 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 22,3%ga o‘sgan.
Viloyatda chakana savdo aylanmasi xajmining 2 656,0 mlrd. so‘mlik qismi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 8,3%ga o‘sgan.
Viloyatdagi umumiy ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasida kichik korxona va mikrofirmalardagi ulushi 71,2% (97,4 mlrd. so‘m)ni tashkil etgan.
Viloyatda ulgurji savdo aylanmasi hajmining 2 882,6 mlrd. so‘mlik qismini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil yetib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 20,5%ga o‘sgan.
Viloyatda qurilish montaj ishlarining 1 865,4 mlrd. so‘mlik qismi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan amalga oshirilgan, 2021 yilning mos davriga nisbatan 1,8%ga o‘sgan.
Kichik korxona va mikrofirmalarining viloyat tashqi savdosidagi ulushi 58%ni tashkil etgan. 2022 yil birinchi yarim yilligida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan amalga oshirilgan tashqi savdo hajmi mos ravishda 201,6 mln. AQSh dollari va 150,9 mln. AQSh dollariga teng.
2022 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, jami kichik korxona va mikrofirmalar soni 30 403 tani tashkil etib, bundan 1 561 tasi kichik korxona va 28 842 tasi mikrofirmalarga to‘g‘ri keldi.
Kichik korxona va mikrofirmalar, asosan, savdo (36%) va sanoat (24%) sohalarida faoliyat yuritgan. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (2%) va axborot va aloqa (2%) sohalarida esa faoliyat yuritadigan kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi nisbatan past ekanligi qayd etilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni
Namangan viloyatida mazkur davrda jami 2890 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etildi (2021 yil mos oylariga nisbatan 15%ga kamaygan). Viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan jami kichik korxona va mikrofirmalar soni 31 914 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6%ga o‘sgan.
Mazkur kichik korxona va mikrofirmalarning 95,3%i faoliyat yuritayotganligi qayd etildi. Faoliyati to‘xtatilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 1228 tani tashkil etgan.
Namangan viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tuman(shahar)lar kesimida
Kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi Namangan shahri (33%), Chust (8%), Uychi (7%) va Namangan (7%) tumanlariga to‘g‘ri keladi. Mingbuloq (4%) tumanida esa kichik korxona va mikrofirmalarning nisbatan past ulushda ekanligi qayd etilgan.
Izoh qoldirish