Navoiy viloyatida “Yangi O‘zbekiston” massivlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Navoiy viloyatida “Yangi O‘zbekiston” massivlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga muvofiq Karmana tumanining “Do‘stlik” MFY hamda Qiziltepa tumanining “Malikobod” MFY hududlaridagi jami 41 gektar yer maydonlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, yangi zamonaviy turar-joy majmualarini barpo etish maqsadida 2022 yilda 26 ta 5 qavatli 620 xonadonli arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘yicha 1 ta umumta’lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 2 ta tibbiyot muassasasi barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Misol uchun, Karmana tumani Do‘stlik MFYda qiymati 9,4 mlrd.so‘mlik 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassassa barpo etilib, bugungi kunda qurilish ta’mirlash ishlari 65%ga bajarilgan.

Xuddi shuningdek, Qiziltepa tumani Malikobod MFYda qiymati 4,1 mlrd.so‘mlik 50 koyka-o‘rinli tibbiyot muassasasida 90% qurilish va montaj ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, ushbu massivlarda jami 4,8 km ichimlik suvi tarmog‘i va 2 ta suv inshooti, 1,9 km oqova suvi tarmog‘i va 2 ta oqova suv inshooti, 24 km elektr, 4,2 km tabiiy gaz hamda 1,9 km tashqi yo‘l tarmoqlari qurilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, Karmana tumani Do‘stlik MFYda 3,1 mlrd.so‘m (hozirda 750 mln.so‘m o‘zlashtirildi) qiymatida bo‘lgan 3,7 km hamda "Talqoq" MFYda 459 mln.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga 14 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Bugungi kunda, “Qishloq qurilish loyiha” MChJ tomonidan massivlarni qurish loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi huzuridagi Davlat ekspertizasida o‘tkazilgan.

Mazkur 2 ta massivlar hududida qurilishi rejalashtirilgan 5 ta (shundan 1 ta maktab, 2 ta MTM, 2 ta tibbiyot) ijtimoiy soha ob’yektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari to‘liq nihoyasiga yetkazilgan. Qurilish vazirligi huzuridagi Davlat ekspertizasiga taqdim etilgan.

Shuningdek, massivlarda joriy yilda qurilishi rejalashtirilgan 26 ta ko‘p qavatli uy-joylar uchun tanlangan yer uchastkalari barchasi (Karmana t. – 18 ta, Qiziltepa t. - 8 ta) “e-auksion” elektron tizimi orqali auksion savdolariga chiqarilgan hamda 26 ta (Karmana t. 18 ta, Qiziltepa t. - 8 ta) yer uchastkalarining barchasi auksion orqali sotilgan. Mazkur yer uchastkalari negizida yangi ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatish va servis ob’yektlari barpo etilib, mazkur hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ishsiz aholining bandligini ta’minlashga erishiladi.

Bugungi kunda 26 ta ko‘p qavatli uy-joylarning barchasida (Karmana t. – 18 ta, Qiziltepa t. - 8 ta) qurilish ishlari boshlangan va 80% qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Jumladan, Karmana tumani Do‘stlik MFYning 21 ga yer maydonida 20 ta 400 xonadonli hamda Qiziltepa tumani "A.Navoiy" MFYda 9 ta 180 xonadonli uy-joylar qurilmoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘yicha 1 ta umumta’lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 2 ta tibbiyot muassasalarining qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, bugungi kunda ob’yektlarda 80% qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Nurmurodov Kamoliddin
Ardasher Murtazayev
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Samarqand filiali xodimlari

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar