Davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mutasaddilarga infratuzilmasi va ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 1071 ta aholi punktinining obodonlashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan edi. Jumladan, 294 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 457 ta maktab, 325 ta tibbiyot muassasasi, 58 ta qishloq madaniyat uyini qurish va kapital ta’mirlash, 6,5 ming kilometr yo‘l yotqizish, 109 ming dona temir-beton elektr uzatish liniyalari tayanch ustunlarini o‘rnatish mas’ullar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardandir.
Prezident topshirig‘iga asosan, bu muammolarni kompleks hal etish uchun Prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida vazirlik va idoralar rahbarlaridan respublika ishchi guruhi tuzildi. Toshkent viloyatining eng chekkasida joylashgan Bo‘ka tumanining “Bo‘ka” mahallasi ana shunday keng ko‘lamli dasturni amalga oshirishning birinchi manzilidir.
Ish yo‘llarni ta’mirlashdan boshlandi. Bo‘ka aholisining aytishicha, bu masala yillar davomida e’tibordan chetda qolgan. Yozda chang, qishda esa loy ko‘pchilikni qiynab kelgan. Qishloq joylarda yo‘llarni tekislash shunchaki shag‘al-qum to‘shash yemas, balki bu yerda maxsus texnologik usullar tadbiq etildi.
“Bo‘ka” mahallasining obod etilishi natijasida, nafaqat hudud qiyofasini, balki qishloq aholisi hayotining o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan 12,5 kilometrlik ana shunday yo‘llar ta’mirlanadi. Endi maktabga, bolalar bog‘chasiga yoki sayr qilish, hamyurtlarimizga haqiqiy zavq bag‘ishlaydigan bo‘ladi. Aholi ham bu ishlarga befarq emas. Hamyurtlarimiz mutasaddi xodimlar bilan birgalikda shag‘allashtirish ishlariga ko‘mak berishmoqda.
Bo‘ka qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgangan hudud bo‘lganligi sababli bu yerda kollektorlarning, umuman sug‘orish va drenaj tizimining soz holatda ishlashi muhim ahamiyatga ega. Biroq, 30 yil davomida e’tiborsizlik tufayli ushbu infratuzilma yaroqsiz holga kelib qolgan edi. Obodonlashtirish ishlari davomida kollektorlar to‘liq tartibga keltirildi. Fermerlarning fikriga ko‘ra, talab darajasidagi kollektorlar hosil cho‘g‘iga bevosita ta’sir qiladi.
Yaqin vaqtgacha bu qishloq aholisi ichimlik suvi tashib ichar edi. Endilikda bu masala tez orada hal bo‘ladi. Quvur yotqizish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Obi hayot har bir xonadonga kirib boradi.
Mahallada elektr tarmoqlari to‘liq almashtirildi, o‘nlab kilometr kabellar yangilanmoqda. Yangi temir-beton ustunlar, zamonaviy transformatorlar o‘rnatilyapti. Demak, elektr ta’minotidagi uzilishlar muammosi endi o‘tmishda qoladi.
Ishlar hokim yordamchilari bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda. Endilikda mutasaddilar qishloqlardagi ijtimoiy muhitni nazorat qiladi. Tibbiyot muassasalari, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa ijtimoiy ob’yektlar namunali holatda bo‘lishi shart. Bu esa odamlarning turmush farovonligiga asos bo‘ladi. Mahallalarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish