O‘zbekiston ilk bor Polsha va Tojikistonga limon eksport qildi

O‘zbekiston ilk bor Polsha va Tojikistonga limon eksport qildi

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida 7,2 million AQSh dollari qiymatidagi 5992 tonnadan ortiq limon eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

Mazkur yilda 2019 yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 2500 tonna ko‘p limon ekport qilingan bo‘lib 72 foizga o‘sishga erishildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, limonning 45 foizi Rossiyaga va 24 foizi Qozog‘istonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda limonning eksporti Afg‘onistonga 3,6 barobarga va Ukrainaga 3,3 barobarga ortgan.

Mazkur yildan ilk bora yurtimizdan Polsha va Tojikistonga limon eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar