O‘zbekiston iyun oyida qancha elektromobil import qilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston iyun oyida qancha elektromobil import qilgani ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga xorijdan 268 ta elektromobil import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 230 taga ko‘p.

2021 yilning iyun oyida O‘zbekistonga 63 ta elektromobil olib kelindi, bu may oyiga qaraganda 14 taga ko‘p.

Mazkur davrda O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

Xitoy — 228 ta
Turkiya — 24 ta
Janubiy Koreya — 5 ta
AQSh — 5 ta
Germaniya — 4 ta
Litva — 1 ta
Ispaniya — 1 ta

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar