O‘zbekiston yana bir uyali aloqa operatoriga ega bo‘ldi

O‘zbekiston yana bir uyali aloqa operatoriga ega bo‘ldi

2020 yilning avgust oyida Humans O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vazirligidan AA 0007069 - sonli litsenziyani oldi. 19 avgustdan 15 sentyabrga qadar kompaniya SIM-karta va bank kartalariga oldindan buyurtma olishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Humans kompaniyasi ikki oylik faoliyati yakunlari va yaqin kelajakdagi rejalarini e’lon qildi. E’lon qilingan yangi mahsulotlar qatoridan mobil aloqa operatori xizmati, bank kartasi hamda mahsulotlar va xizmatlarning onlayn vitrinasi o‘rin olgan. Kompaniya, shuningdek, o‘zining har bir sodiq mijoziga 15 ming so‘m miqdorida keshbek taqdim etdi.

“Avvalom bor, Humansning O‘zbekistondagi mavqeiga aniqlik kiritmoqchiman. Biz - beshinchi uyali aloqa operatorimiz. Kompaniya o‘z faoiyatini boshlash uchun barcha ruxsatnomalarni (litsenziyalar) qo‘lga kiritdi. Biz O‘zbekistonda mobil aloqa aynan qanday bo‘lishi bilan bog‘liq tasavvurni butunlay o‘zgartiramiz. Siz o‘zingizga qancha trafik kerakligini o‘zingiz belgilashingiz mumkin: kam daqiqa, ammo ko‘p gigabayt yoki aksincha, ko‘p daqika va kam gigabayt. Siz trafik paketidan butunlay voz kechishingiz mumkin yoki aksincha, uch, o‘n va o‘ttiz kunga cheksiz trafikni ulash imkogniga ega bo‘lasiz. Shuningdek, biz foydalanuvchilarimizga messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar, musiqa ilovalari va video-servislariga cheksiz kirishni sotib olish imkonini beramiz. Masalan, 25 ming so‘m evaziga bir oyga cheksiz Instagram va cheksiz YouTubeni ulash mumkin bo‘ladi.

Afsuski, karantin cheklovlari va ofisning masofaviy ishlash tartibi loyihaning muddatida ishga tushirilishiga ta’sir qildi. Shu bois, Humans pulli uyali aloqa operatori xizmatlari va bank kartalaridan foydalanish sentyabr oyida boshlanadi. 15 sentyabrga qadar oldindan buyurtma berishni qo‘llagan har bir mijoz uchun depozit evaziga cheksiz aloqa taqdim etiladi. Xizmatni ulaganlar esa, ularning depozitida 300 ming so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga bir oy davomida cheksiz va tekin aloqadan foydalanish imkonini qo‘lga kiritadilar,” – deydi, Humans asoschisi va rahbari Vladimir Dobrinin.

Humans SIM-kartlari va bank kartalari uchun oldindan buyurtma berish 19 avgustdan boshlanadi. Tanlash va buyurtma berishni HUMANS.uz ilovasi yoki sayt orqali amalga oshirish mumkin.

Humans bank kartasi - VISA to‘lov tizimi hisobida o‘zbek so‘mi mavjud bo‘lgan O‘zbekistondagi yagona karta turidir. Ushbu karta nafaqat O‘zbekistonning barcha do‘konlarida, balki xorijda ham to‘lovlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar