O‘zbekistonda «Apple» kopmaniyasining rasmiy ofislari ochilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda «Apple» kopmaniyasining rasmiy ofislari ochilishi rejalashtirilmoqda

AOKAda o‘tgan brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov O‘zbekistonda «Apple» kopmaniyasining rasmiy ofislari ochilishi rejalashtirilayotganligi to‘g‘risida ma’lum qildi.

2020 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekistonga mobil telefonning qonuniy importi qariyb 10 baravarga oshgan. Shuningdek, 2020 yil yanvardan 1 noyabrgacha O‘zbekiston 781,7 ming mobil telefon import qilgan.

Ma’lumot uchun, dunyodagi TOP-10 likka kiradigan «Samsung» kompaniyasining respublikamizda 4 rasmiy ofisi ochilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar