Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2021 yil oktyabr oyida 1074 birlikni tashkil etib, o‘tgan yilning shu dariga nisbatan 7,4 foizga oshdi.
Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizlik o‘sish qayd etildi.
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2021 yilning oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 7,4 foizga oshib, 1074 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 11,7 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,1 foizga kamaygan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 2,4 foizga oshgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 77,9 foizga sezilarli darajada oshgan.
Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2021 yil oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 12 ta hududda o‘tgan oyga (2021 yil sentyabr) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Sirdaryo (57,3%), Buxoro (27,0%), Andijon (15,4%) viloyatlari, hamda Toshkent shahri (30,8%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (23,4%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).
Shu bilan birga Navoiy (- 8,7%) va Jizzax (- 3,8%) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan pasayish kuzatilgan.
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2021 yil oktyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 4 868,6 ming tani tashkil etdi va 2021 yilning sentyabr oyiga nisbatan 635,99 ming tranzaksiyaga (11,7%) oshgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududlarda oshgan.
2021 yil oktyabrda respublikaning barcha 14 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Buxoro (23,4%), Qashqadaryo (21,3%), Namangan (17,5%), Sirdaryo (16,1%) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (15,0%) kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2021 yilning oktyabr oyida IFIning birja komponenti 1,0240 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 2,4 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining (1,6%) hamda har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha jismoniy hajmining (3,2%) oshganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2021 yil oktyabr oyida 5 977,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 7,1 foizga oshgan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2021 yil oktyabr oyida 1,9991 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,1 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy o‘zgarib, 12,6 foizga oshgan.
2021 yil oktyabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2021 yilning sentyabr oyiga (584 221 birlik) nisbatan 1 422 taga ko‘payib, 585 643 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 30 taga kamaygan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 472 273 tadan 473 705 tagacha oshgan (o‘sish 1 432 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 108 873 tadan 108 893 tagacha (o‘sish 20 ta) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 045 tani tashkil etib, 2021 yilning sentyabr oyiga nisbatan 30 taga kamaygan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2021 yil oktyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,7793 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021 yilning sentyabr oyiga nisbatan 77,9 foizga oshgan. Joriy yilning oktyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 379 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi va uning hududlarida IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Hududlar |
IFI | Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent | Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent | Tovar belgilari bo‘yicha komponent |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1074 | ↑1,1174 | ↑1,0240 | ↓0,9991 | ↑1,7793 |
Sirdaryo viloyati | ↑1573 | ↑1,1613 | ↑2,0000 | ↓0,9840 | ↑5,0000 |
Toshkent shahri | ↑1308 | ↑1,1016 | ↑1,6082 | ↑1,0027 | ↑1,9366 |
Buxoro viloyati | ↑1270 | ↑1,2339 | ↑1,4391 | ↓0,9882 | ↑1,5000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1234 | ↑1,1497 | ↑1,4833 | ↓0,9903 | ↓0,6667 |
Andijon viloyati | ↑1154 | ↑1,0919 | ↑1,0775 | ↑1,0029 | ↑4,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1128 | ↑1,1418 | ↑1,1386 | ↓0,9942 | ↑1,8000 |
Namangan viloyati | ↑1117 | ↑1,1751 | ↑1,0654 | ↓0,9974 | ↑2,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1089 | ↑1,2129 | ↑1,0382 | ↓0,9972 | ↑1,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1075 | ↑1,1353 | ↑1,0691 | ↑1,0002 | ↑1,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1045 | ↑1,1281 | ↓0,9853 | ↑1,0052 | ↑1,1667 |
Toshkent viloyati | ↑1038 | ↑1,0993 | ↓0,9393 | ↓0,9989 | ↑1,9333 |
Surxondaryo viloyati | ↑1005 | ↑1,0554 | ↑1,0394 | ↓0,9994 | ↓0,0000 |
Jizzax viloyati | ↓962 | ↑1,0729 | ↓0,8999 | ↑1,0046 | ↓0,2000 |
Navoiy viloyati | ↓913 | ↑1,0843 | ↓0,7633 | ↓0,9939 | ↓0,3333 |
O‘zbekiston Respublikasi va hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishi
Hududlar |
IFI | Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent | Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent | Tovar belgilari bo‘yicha komponent |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1251 | ↑1,1502 | ↑1,1581 | ↑1,1260 | ↑4,5663 |
Buxoro viloyati | ↑1683 | ↑1,0892 | ↑2,0000 | ↑1,0521 | ↑9,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1537 | ↑1,0656 | ↑2,0000 | ↑1,2461 | ↑3,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1498 | ↑1,0101 | ↓0,8945 | ↑1,1219 | ↑18,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1460 | ↑1,0692 | ↑2,0000 | ↑1,0731 | ↑1,6667 |
Toshkent shahri | ↑1446 | ↑1,3191 | ↑1,1545 | ↑1,7412 | ↑4,6610 |
Xorazm viloyati | ↑1423 | ↓0,9753 | ↑2,0000 | ↑1,1432 | ↑1,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1413 | ↓0,9671 | ↑2,0000 | ↑1,1131 | ↑1,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1360 | ↓0,9145 | ↑2,0000 | ↑1,0895 | ↓0,0000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1308 | ↓0,9421 | ↑1,6968 | ↑1,0877 | ↑2,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1185 | ↑1,1152 | ↑1,1114 | ↑1,1145 | ↑3,5000 |
Andijon viloyati | ↑1169 | ↑1,0704 | ↓0,9388 | ↑1,0871 | ↑6,0000 |
Namangan viloyati | ↑1087 | ↑1,0347 | ↑1,0448 | ↑1,1203 | ↑2,0000 |
Toshkent viloyati | ↑1041 | ↓0,9566 | ↓0,9385 | ↑1,1072 | ↑2,9000 |
Navoiy viloyati | ↑1012 | ↓0,9247 | ↓0,9812 | ↑1,0726 | ↑2,0000 |
Ruslan Abdullayev, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish