O‘zbekistonda tadbirkorlik faolligi ko‘rsatkichlari o‘sishda davom etmoqda

O‘zbekistonda tadbirkorlik faolligi ko‘rsatkichlari o‘sishda davom etmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekiston hududlarida tadbirkorlik faolligi holati tahlil qilindi. Tahlil soliq va bojxona tushumlari, tovarlar eksporti, bank kreditlari hamda tovar-xomashyo birjasidagi bitimlar dinamikasini qamrab oldi.

Tahlil natijalari respublika bo‘yicha barcha beshta yo‘nalishda o‘sish qayd etilganini ko‘rsatdi.

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida respublika bo‘yicha soliq tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 44,3 foizga o‘sib, 229,1 trln so‘mni tashkil etdi.

Hududlar kesimida soliq tushumlarining yuqori o‘sishi Toshkent viloyatida (37,3 foiz), Sirdaryoda (32,2 foiz) hamda Toshkent shahrida (30,4 foiz) qayd etildi.

Hisobot davrida bojxona tushumlari 17,4 foizga o‘sib, 63,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish Qoraqalpog‘iston Respublikasida (74,3 foiz) kuzatildi. Shuningdek, Namangan (43,0 foiz), Farg‘ona (34,5 foiz), Navoiy (27,3 foiz) va viloyatlarida ham sezilarli o‘sish qayd etildi.

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonning tovarlar eksporti 12,9 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34,2 foizga oshdi.

Eksportning eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (63,1 foiz), Buxoro (59,7 foiz), Surxondaryo (50,9 foiz), viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida (42,6 foiz) qayd etildi.

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 302,5 trln so‘mga yetib, 2025 yilning mos davriga nisbatan (6,9 foiz) o‘sdi.

Hududlar orasida kredit ajratish hajmining sezilarli o‘sishi Samarqand (41,7 foiz) va Andijon (31 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 39,7 foizga o‘sib, 147,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish Surxondaryo viloyatida (120,4 foiz) qayd etilib, bunda paxta tolasi, benzin va dizel yoqilg‘isi savdolari asosiy o‘rin tutdi.

Buxoro viloyatida bitimlar hajmi (98,5 foiz) o‘sdi. Bunda qurilish materiallari, dizel yoqilg‘isi va gaz kondensati savdolari ajralib turdi.

Navoiy viloyatida o‘sish (48,2 foiz) qurilish materiallari, dizel yoqilg‘isi va mineral o‘g‘itlar savdosi bilan bog‘liq bo‘ldi.

Toshkent shahrida birja bitimlari hajmi (48,6 foiz) oshdi. Asosiy tovarlar qatorida rangli metallar, dizel yoqilg‘isi va paxta tolasi qayd etildi.

Zarina Qosimova

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar