O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekiston aholisi soni haqida axborot berdi.
2020 yilning 1 iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 34 million 191 ming 700 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.
Shundan 17 million 301 ming kishi shahar hududida va 16 million 890 ming 700 kishi qishloq joylarida istiqomat qilmoqda.
Izoh qoldirish