Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari orqali viloyatdan jami 29,4 million AQSh dollarlik 20 ming tonnadan ortiq loviya mahsulotlari xorijga eksport qilingan, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Eksport qilingan loviyaning asosiy xaridorlari Pokiston va Afg‘oniston davlatlari hisoblanadi.
Yana bir jihat shundaki, pandemiya boshlangan davrdan, ya’ni 2020 yilning mart oyidan shu kunga qadar Afg‘oniston va Pokiston davlatlariga 24,2 million AQSh dollarlik 14,1 ming tonna loviya eksporti amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, joriy yilning o‘tgan davrida Surxondaryo viloyatidan mazkur ikki davlatga 9,4 million AQSh dollarlik mosh va 2,2 million AQSh dollarlik no‘xat mahsulotlari ham sotildi.
Izoh qoldirish