O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi «EURACTIV» media-portali bilan birgalikda "Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha sammit: bu nima uchun mintaqa va undan tashqarida muhim" mavzusida virtual konfrensiya tashkil etadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Virtual konferensiya 7 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 dan 15:30 gacha o‘tkaziladi. Konferensiya -ingliz tilida.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 15-16 iyul kunlari Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tadi.
Uning maqsadi - Yevropaning siyosiy-diplomatik, ekspert-tahliliy, ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston tomonidan hamkorlikni rivojlantirish va ushbu mintaqalarning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash borasida ilgari surilgan tashabbusni yetkazishdan iborat.
Tadbirda Yevropa tashqi harakatlar xizmati (YeTHX)ning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi, Kengaytirish va Yevropa qo‘shnichilik masalalari bo‘yicha Yevro komissari, shuningdek, Markaziy Osiyo bo‘yicha YeTHX departamenti, Yevropa parlamenti, YeI-O‘zbekiston Do‘stlik guruhi va Yevropa siyosiy tadqiqotlar markazi kabi Yevropa tuzilmalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferensiyada O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov so‘zga chiqadi.
Onlayn konferensiyaga «EURACTIV» katta muharriri Georgiy Gotev moderatorlik qiladi.
Konferensiyaga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Konferensiyani shu yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh qoldirish