Prezident matbuot kotibi Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti qaysi oyga mo‘ljallanganini ma’lum qildi

Prezident matbuot kotibi Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti qaysi oyga mo‘ljallanganini ma’lum qildi

Prezidentning bu hafta uchun rejalashtirgan tadbirlari haqida davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov axborot berdi.

- Bugun, 26 iyul kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan yangi loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
- 27 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev kon-metallurgiya sanoati rivoji bilan tanishadi.
- Hafta mobaynida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.
- Hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti avgust oyining boshiga mo‘ljallangan va takliflar 31 iyulgacha qabul qilinadi.

Sherzod Asadov tadbirkorlarni takliflar berishga, jurnalistlarni ushbu jarayonni yoritishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar