O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklida o‘tkaziladigan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining (OYeIK) faxriy raisi Nursulton Nazarboyev ishtirok etmoqda.
Nazarboyev o‘z chiqishida assotsiatsiya kuzatuvchisi sifatida O‘zbekistonning YeOIIda ishtirok etishini misol qilib keltirdi.
"YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini olgan O‘zbekiston misoli ilhomlantirishi kerak, chunki respublika bundan katta foyda ko‘rdi", dedi YeOIIning faxriy raisi Nursulton Nazarboyev onlayn formatda o‘tkazilgan yig‘ilishda.
Nazarboyev Ozarbayjonni YeOIIga kuzatuvchi-davlat sifatida taklif qildi.
"Menimcha, O‘zbekiston Respublikasi bu borada juda ko‘p yutuqlarga erishdi", - deya qo‘shimcha qildi u.
Tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tadi. Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va Armaniston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat – Kuba yetakchilarining ishtirok etishmoqda.
Yig‘ilishda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) faoliyatining dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqish va tovarlar va xizmatlar yagona bozorlarini integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish va shakllantirishga qaratilgan bir qator muhim hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, YeOII faoliyatining 2022 yil uchun ustuvor yo‘nalishlari kelishib olinadi.
Kun tartibiga muvofiq, YeOII doirasida integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish va ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish