Hokim yordamçilari – xalq orasida ("Palandara” mahallasi)

Hokim yordamçilari – xalq orasida (

– Özingiz haqida qisqaça maʼlumot bersangiz. Kasbiy faoliyatingiz nimadan boşlangan? Uşbu vazifaga qanday keldingiz (oldin nima iş bilan şuğullangansiz)?

– Men asli Kitob tumani Palandara mahallasidanman. 2012 yil Qarşi muhandislik-iqtisodiyot institutining iqtisod fakultetiga öqişga kirganman. 2016 yil öqişni tamomlab, keyingi iş faoliyatimni yangi taşkil qilingan Majburiy ijro byurosining Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tuman bölimida bölim boşliği lavozimidan boşlaganman. Söng Qarşi şahridagi Monomarkazda bölim boşliği vazifasida ham işlaganman. Keyinçalik özimizning Palandara mahallasida hokim yordamçisi lavozimiga işga ötdim.

– Mahallaning portretini qanday tasvirlagan bölardingiz (u yerdagi mavjud infrastruktura obʼyektlari, yöllar, maktab, boğça, poliklinika, sanoat korxonalari, aholini iş bilan taʼminlaş imkoniyatlari haqida töliqroq gapirib bersangiz)? Mahallada kimlar istiqomat qiladi, nimadan daromad topadi?

– Bizning Palandara mahallamiz 1708 ta xonadon, 7722 nafar aholidan iborat. Asosan boğdorçilik, yaʼni uzumçilikka ixtisoslaşgan. Bundan taşqari, hozir dehqonçilikning boşqa yönalişlari, yaʼni issiqxonaçilik ham rivojlanib bormoqda. Mahallada hozir 600 ga yaqin issiqxona bor. Ularda asosan limonçilik, bodring-pomidor, qiş mavsumida kökatlar yetiştiriladi. Aholi asosan şulardan daromad qiladi. Şu yilning özida ham 70 dan ziyod yangi issiqxona işga tuşdi.

Mahallaning içki yöllari 45 kilometrga teng, şundan 25 kilometri töliq asfaltlaştirilgan. Qolganiga şağal töşalgan, oldingi çang yöllar yöq.

Mahallada sanoat korxonalari mavjud emas, lekin tadbirkorlik subʼyektlari ançagina. Oilaviy korxonalar, MÇJlar ham bor. Jami 27 ta tadbirkorlik subʼyekti mavjud. Bundan taşqari, bitta davlat boğçasi, beşta xususiy boğça, törtta davlat maktabi, bitta oilaviy şifokorlik punkti faoliyat yuritadi.

– Iş faoliyatingizning ilk bosqiçida duç kelgan eng katta qiyinçilik nima böldi va uni qanday yengib ötgansiz?

– Aslida, har qanday yangi işning boşida öziga yaraşa qiyinçiliklar böladi va bu tabiiy hol. Bizning faoliyatimizdagi eng murakkab davr 2022 yilda aholini xonadonbay töliq xatlovdan ötkaziş paytiga töğri kelgan, desam yanglişmayman. Çunki öşanda uyma-uy yurib, odamlarning qanday mehnat bilan bandligi, oilaning asosiy daromad manbalari va ularni qiynayotgan dolzarb masalalarni birma-bir örganiş talab etilardi. Fuqarolarning öqiş yoki kasb-hunarga qiziqişi, xorijga işlaşga ketiş rejalari, tadbirkorlik bilan şuğullaniş yoxud kredit oliş istagigaça – barça-barçasi töliq va puxta tahlil qilib çiqilgan edi.

– Dehqonlar özlari yetiştirgan mahsulotlarini qayerga sotadi? Faqat bozorga olib çiqadimi yoki kimdir olib ketadimi?

– Uzumlarimiz asosan töğridan-töğri çetga eksport böladi. Özimizning “Toifi” degan maşhur uzumimiz bor, bu navni Toşkentdagi ulgurji savdogarlar kelib, Rossiya va boşqa joylarga eksport qiladi. Limonlarimizni ham şunday sotamiz. Dehqonlar öz imkoniyatiga qaraydi, şaroiti bölsa, muzxonada saqlab, qişda sotişi mumkin, erta sotaman deganlari sotib yuboradi. Agar saqlab turib, keyinroq öz mavsumida sotsa, yaxşiroq foyda körişi mumkin.

– Uzumçilik va issiqxonaçilik sirlari böyiça öqişlar taşkil etildimi?

– Avvalambor, dehqonçilikni yölga qöyişda har bir fuqaroga davlat tomonidan tomorqasini tiklab oliş uçun subsidiya ajratiladi. Biroq bu jarayon faqat moliyaviy kömak bilan çeklanib qolmaydi. Mahallamizdagi 10 ta qişloqning har biriga muayyan yönalişga ixtisoslaşgan bittadan usta dehqon biriktirilgan. Men özim ham uşbu jarayonda yaqindan iştirok etganman. Bu malakali dehqonlar issiqxona yoki limonçilik kabi yönalişlarda faoliyatini yangi boşlagan fuqarolarga iş sirlarini örgatib, barça yumuşlarni birgalikda taşkil qilib kelmoqda. Natijada yangi iş boşlaganlar bir yil içida dehqonçilik hadisini asta-sekin töliq egallaydi. Qolaversa, aholimiz yoşligidan uzumzorlarda katta bölgani bois, “Husayni”, “Toifi” va boşqa uzum navlarini qanday parvarişlaş, vaqtida suğoriş hamda öğitlaş sirlarini allaqaçon yaxşi özlaştirgan.

– Mahallangizda tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qanday imkoniyatlar mavjud? Ötgan vaqt içida neçta yangi korxona barpo etilib, neçta yakka tartibdagi tadbirkor iş bilan taʼminlandi?

– Mahallamizda tadbirkorlik bilan şuğullaniş uçun imkoniyatlar yetarli. Xususan, öz iş faoliyatim davomida 5 ta oilaviy korxona hamda 5 ta MÇJ taşkil etilişiga kömaklaşdim. Hududimizda yakka tartibdagi tadbirkorlar safi ham ança kengaygan bölib, ularning bir qismi savdo dökonlari oçsa, boşqalari avtomobillarga texnik xizmat körsatiş va avtoyuviş şoxobçalarini yuritmoqda. MÇJ şaklidagi korxonalarimiz esa asosan umumiy ovqatlaniş sohasiga ixtisoslaşgan. Şuningdek, mahallamizda yoşlar uçun zamonaviy geym-klub faoliyati yölga qöyilgan. Bundan taşqari, nogironligi bölgan şaxslarga parvariş xizmatlarini körsatiş orqali öziga xos ijtimoiy tadbirkorlik bilan şuğullanayotgan fuqarolarimiz ham bor va ularning bu mehnati Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan muntazam oylik maoş tölaş orqali qöllab-quvvatlanmoqda.

– Mahallada işlab çiqariş korxonalari bormi?

– Yöq, bizda işlab çiqariş yoki sanoat korxonalari yöq. Tadbirkorlarimiz asosan xizmat körsatiş sohasiga ixtisoslaşgan.

– Ehtiyojmand oila yoki yoş tadbirkorni qöllab-quvvatlaş orqali ularning hayotida ijobiy özgariş yasagan birorta aniq misolni keltirib öta olasizmi?

– Albatta, bunday misollar köp. Masalan, Akmaljon Ibragimov ismli yigitimiz tuman markazida sartaroşlik kasbini örganib kelib, mahallamizda zamonaviy sartaroşxona oçiş niyati borligini bildirdi. U mahalla markazida öz kuçi bilan kiçik bino qurdi. Biz esa taşabbusini qöllab-quvvatlaş maqsadida unga 17,5 foizlik 50 million söm miqdorida imtiyozli kredit ajratib berdik. Uşbu mablağ hisobidan u işi uçun zarur bölgan barça asbob-uskunalarni xarid qildi. Hozirda sartaroşxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, xizmat narxlari ham aholi uçun hamyonbop. Yoş tadbirkorimiz öz işidan mamnun: ham oilasini daromad bilan taʼminlayapti, ham davlatdan olgan kreditini qiynalmasdan uzmoqda.

– Hozirgi kunda mahallada kambağallik darajasi qanday? Sizningça, hudud aholisi örtasida kambağallikni yanada samarali qisqartiriş uçun yana qanday qöşimça çoralar köriş zarur?

– – Ayni paytda Palandara mahallasida kambağallik darajasi 1,2 foizni taşkil etmoqda. Hududimizdagi ehtiyojmand oilalar toifalarga ajratilgan bölib, hozirda kambağallik yoqasida 5 ta, kambağal toifasida 21 ta hamda töliq davlat taʼminotiga olingan 19 ta oila mavjud. Şuningdek, nogironligi bölgan fuqarolarimiz ham bor.

Joriy yildan boşlab davlatimiz tomonidan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar va nogironligi bölgan şaxslarga yangi turdagi foizsiz kreditlar ajratilmoqda. Masalan, şu toifadagi ikki fuqaroga tikuvçilik faoliyatini yölga qöyişi uçun 25,9 mln. söm miqdorida foizsiz kredit ajratdik. Ular bu mablağga tikuv va overlok maşinalari xarid qilib, öz uyida kasanaçilik bilan şuğullanmoqda. Yana ikki fuqaromiz esa çorvaçilik yönalişida 30,9 mln. söm imtiyozli kredit olib, öz daromadlarini oşirişni boşladi. Umuman olganda, röyxatdagi 21 ta kambağal oilaning 13 tasi tadbirkorlikka jalb etilib, ularga imtiyozli mablağlar yönaltirildi.

Bundan taşqari, hududdagi işsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga öqitişga ham alohida eʼtibor qaratyapmiz. Xususan, tuman markazidagi bir tekstil korxonasini jalb qilib, mahallamizning özida tikuv sexi taşkil etdik. Öz taşabbusim bilan 15 nafar ayolni tikuvçilik sohasiga öqitdim. Hozirda ularning 7 nafari uşbu korxona bilan kooperatsiya asosida mehnat qilmoqda. Bundan ikki tomon ham birdek manfaat köryapti. Xotin-qizlar uçun mahallaning özida işlaş har tomonlama qulay-da: işxona uyiga yaqin, yölkiraga pul sarflanmaydi, eng muhimi, tuşlik vaqtida uyiga borib, farzandlaridan xabar olişga ham bemalol ulguradi.

Işonamanki, körilayotgan şu kabi amaliy çora-tadbirlar natijasida joriy yilda 1,2 foizni taşkil etib turgan kambağallik darajasi yil yakuniga borib 0,7 foizgaça qisqaradi.

– Odamlar sizni köproq qaysi muammolar böyiça izlaşadi? Misol keltira olasizmi? Bu masalalar qanday hal etilmoqda?

– Umuman olganda, fuqarolarni eng köp qiziqtiradigan asosiy masalalar: tadbirkorlikni yölga qöyiş va buning uçun kredit oliş. Bizning vazifamiz esa kelgan har bir fuqaroga ajratilayotgan kreditning maqsadini, undan qanday töğri foydalaniş va kelajakda qanday daromad topiş mumkinligini töliq tuşuntirib berişdan iborat. Masalan, hozirda çorvaçilik yönalişidagi kreditlar uçun imtiyozli davr bir yil, issiqxonaçilik uçun esa uç yil etib belgilangan. Men buni odamlarga oddiy hayotiy misollar bilan tuşuntiraman: issiqxonaga uç yoşli limon köçatini eksangiz, uç yillik imtiyozli davr tugaguniga qadar u olti yoşga kiradi va hosil berişni boşlaydi, şundan söng kreditni bemalol qoplay olasiz.

Şuningdek, hozirda xotin-qizlarimizda ham kasb-hunarga, xususan, tikuvçilikka bölgan qiziqiş sezilarli darajada ortgan. Kelgusida asta-sekin boşqa öquv yönalişlarini ham yölga qöyişni rejalaştirganmiz. Bu borada Qarşi şahridagi monomarkaz bilan yaqindan hamkorlik qilyapmiz. Eʼtiborlisi, kasb-hunarga öqitadigan ustoz va mutaxassislarni ham çetdan emas, özimizdan çiqaryapmiz. Masalan, Palandara mahallasida juda tajribali payvandçi ustamiz bor. Hozirda uşbu mutaxassisni monomarkaz orqali yoşlarni kasbga öqitiş jarayoniga ustoz sifatida jalb qilganmiz.

– Agar sizda byudjet, vaqt va resurslar böyiça heç qanday çeklov bölmasa, mahallangizda qaysi loyihani amalga oşirgan bölardingiz?

– Men birinçi navbatda yirikroq sanoat yoki işlab çiqariş korxonasini taşkil etgan bölardim. Hozirda mahallamizda jami 8722 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 5-6 ming nafari boğdorçilik va issiqxonaçilik bilan şuğullansa, yana bir qismi davlat taşkilotlarida faoliyat yuritadi. Qolgan band bölmagan qatlamni esa ana şunday sanoat korxonasida doimiy iş örni bilan taʼminlaş mumkin bölardi. Şunda mahallamizda kunlik yollanma iş qidirib çiqadigan fuqarolar qolmas, kambağallik muammosiga ham töliq barham berilgan bölar edi.

– 2026 yilda mahallani rivojlantiriş böyiça oldingizga qanday yangi maqsad va vazifalarni qöygansiz? Umuman olganda, beş yildan söng özingiz faoliyat yuritayotgan uşbu hududni qanday tasavvur qilasiz?

– Joriy 2026 yil oxiriga qadar bir qator muhim işlarni amalga oşirişni közda tutganmiz. Jumladan, Prezidentimiz taşabbusi bilan yölga qöyilgan “Taşabbusli byudjet” loyihasida iştirok etib, ğolib böldik va buning natijasida mahallamizning 7 kilometr yöliga asfalt yotqizildi. Bundan taşqari, qişloğimizni suv bilan taʼminlaş maqsadida ikkita yirik artezian quduği qaziş rejalaştirilgan. Hozirda loyiha hujjatlari tayyor, yil yakunigaça uşbu quduqlar işga tuşirilib, aholining suv bilan boğliq muammosi töliq hal etiladi.

Şuningdek, mahallamiz hududidan oqib ötadigan daryo böyida turistik dam oliş maskanlarini taşkil etişni ham maqsad qilganmiz. Buning uçun, eng avvalo, zarur infratuzilmani yaratiş, sohil böylarini obodonlaştirib, majnuntollar ekiş közda tutilgan. Qolaversa, hududimizdagi “Xöjaneʼmat” ziyoratgohini obod maskanga aylantiriş va uni rivojlantiriş böyiça ham amaliy işlar olib borilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, oldimizga qöygan maqsad va rejalarimiz ulkan. Ularni hayotga tatbiq etiş uçun sidqidildan harakat qilamiz. Işonamanki, körilayotgan çora-tadbirlar natijasida kelgusi 5 yil içida mahallamiz tumanning eng obod va namunali hududlaridan biriga aylanadi!

Maqolani ulaşing

Öxşaş yangiliklar