Jahon matbuoti şarhi

Jahon matbuoti şarhi

Xalqaro energetika agentligi jahonda neftga talab qisqarişini prognoz qilmoqda (International Energy Agency)

Xalqaro energetika agentligi (XEA) World Energy Outlook 2026 hisobotida Yaqin Şarqdagi mojaro oqibatlarini hisobga olgan holda jahon energetika bozori böyiça yangi prognozni taqdim etdi. Hisob-kitoblarga köra, Hurmuz böğozi orqali yetkazib berişdagi uzilişlar natijasida 2,8 mlrd barrel neft va 60 mlrd kub metr gaz yetkazib berilmay qolgan. Bu holat mamlakatlarni elektr transporti, energiya tejamkorligi va mahalliy energiya manbalariga ötişni tezlaştirişga undaşi mumkin.

XEAning yangi ssenariysiga köra, 2035 yilga borib neftga jahon talabi kuniga 97 mln barrelni taşkil etişi mumkin. Bu avvalgi prognozdan 4,4 mln barrel yoki 4 foizga kam. 2050 yilga kelib neft isteʼmoli kuniga 85 mln barrelgaça tuşişi, tabiiy gazga talab esa asosiy ssenariyga nisbatan 300 mlrd kub metrdan ziyodga kamayişi mumkin.

Elektromobillar rivojlanişi hisobiga kuniga 11 mln barrel neft isteʼmolining örni qoplanişi mumkin. Şu bilan birga, maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari va sovitiş tizimlari rivojlanişi elektr energiyasiga talabni oşiradi.

AQŞda kiçik modulli reaktorlar qurilişiga ruxsat beriş jarayoni tezlaştirildi (Reuters)

AQŞ Yadroviy tartibga soliş komissiyasi (NRC) Tennessee Valley Authority (TVA) energetika kompaniyasining Tennessi ştatida 300 MVt quvvatga ega BWRX-300 kiçik modulli reaktorini quriş böyiça arizasini körib çiqişni yakunladi.

Jarayon 14 oy davom etib, belgilangan muddatdan 4 oy oldin tugatildi. Jarayonni tezlaştirişga 2019 yilda quriliş maydonining oldindan kelişib olingani hamda atom energetikasini davlat tomonidan tartibga soliş tizimidagi özgarişlar imkon berdi. AQŞ hukumati bunday arizalarni körib çiqiş muddatini 18 oygaça qisqartirişni maqsad qilgan.

Reaktorni 2030 yil boşlarida işga tuşiriş rejalaştirilgan. Ruxsat beriş tartibining soddalaştirilişi va standartlaştirilgan texnologiyalardan foydalaniş maʼmuriy xarajatlarni kamaytirişi mumkin.

Tesla Xitoyda elektromobillar işlab çiqarişni kengaytirmoqçi (Yuyuan Tantian)

Tesla boş direktori Ilon Mask Xitoy xalqaro savdoni rivojlantiriş kengaşi raisi Jen Xunbin bilan uçraşuvdan söng kompaniyaning Şanxaydagi zavodida elektromobillar işlab çiqarişni kengaytiriş rejasini maʼlum qildi.

2026 yilning yanvar-oktyabr oylarida zavod 810,9 mingta Model 3 va Model Y elektromobilini yetkazib berdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 21,4 foizga köp.

Zavodning yillik işlab çiqariş quvvati 950 mingtadan ortiq avtomobil bölib, ehtiyot qismlar va butlovçi komponentlarning 98 foizi Xitoy yetkazib beruvçilaridan xarid qilinadi. Mahsulotlar içki bozordan taşqari Yevropa, Janubiy Koreya va Avstraliyaga eksport qilinadi.

Işlab çiqarişning kengayişi mahalliy butlovçi qismlar işlab çiqaruvçilariga buyurtmalarni oşirişi va Xitoyning Tesla eksport markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaşi mumkin.

Maqolani ulaşing

Öxşaş yangiliklar