2026 yil yurtimizda «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» deb e’lon qilingani Qashqadaryo viloyati uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bunda asosiy maqsad — har bir mahallani iqtisodiy o‘sish nuqtasiga aylantirish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni tizimli ravishda qisqartirishdan iborat.
2025 yil yakunlari
2025 yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot hajmi 98,8 trln so‘mni tashkil etib, iqtisodiy o‘sish sur’ati 6,8 foizni qayd etdi.

Yil davomida 574 ming nafar aholining daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi. Natijada ishsizlik darajasi 5,9 foizdan 4,9 foizga, kambag‘allik darajasi esa 9,6 foizdan 6,5 foizga pasaydi.
2026 yilga mo‘ljallangan asosiy maqsadlar
2026 yilda viloyat iqtisodiyotini 7,5 foizga oshirish rejalashtirilgan. Shu jumladan:
- sanoat ishlab chiqarish hajmi — 8,6 foizga,
- xizmatlar sohasi — 15 foizga,
- qurilish ishlari — 11,2 foizga,
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish — 4,9 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Ijtimoiy sohada ishsizlik darajasini 4,4 foizga, kambag‘allik darajasini esa 3,3 foizga tushirish maqsad qilingan.

Bu doirada:
- 86 763 nafar aholining doimiy bandligi ta’minlanadi,
- 343 044 nafar aholining daromadlari oshiriladi,
- 77 736 nafar aholining norasmiy bandligi legallashtiriladi.
Shuningdek, 21 628 ta kambag‘al oilalarga xizmatlar ko‘rsatilib, shundan 13 722 ta oila kambag‘allikdan chiqariladi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
2026 yilda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 10,8 trln so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan qariyb ikki barobar ko‘pdir.
Investitsiyalar va moliyalashtirish manbalari
2026 yilda viloyatga barcha manbalar hisobidan qariyb 15 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Jumladan:
- Investitsiya dasturi — 1,1 trln so‘m,
- tashabbusli byudjet — 466 mlrd so‘m,
- “Zarbdor” tajribasi asosidagi “Drayver” loyihalar — 150 mlrd so‘m,
- “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”dagi tuman va mahallalar — 270 mlrd so‘m,
- xalqaro moliya institutlari mablag‘lari — 236 mln dollar,
- kredit resurslari — 9 trln so‘m.
Ushbu mablag‘lar asosida viloyatdagi barcha mahallalarga 6 ta yangi yondashuv asosida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mahallalarni rivojlantirishning 6 ta yo‘nalishi
- 366 ta qishloq mahallalarida “Bir mahalla — bir mahsulot”, “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyillari asosida yuqori daromadli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, eski bog‘larni yangilash va infratuzilmani yaxshilash orqali ish o‘rinlari yaratiladi.
- 159 ta shahar va tuman markazi mahallalarida aholi gavjum ko‘chalar, sohil bo‘yi va istirohat bog‘larida savdo va xizmat ko‘rsatish loyihalari amalga oshiriladi.
- 27 ta turistik salohiyati yuqori mahallalarda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, master rejalar asosida yirik turizm loyihalari va uy mehmonxonalari tashkil etiladi.
- 62 ta olis hududdagi mahallalarda “Agrostar” orqali chorvachilik va dehqonchilik, bank kreditlari va bandlik jamg‘armasi hisobiga kichik loyihalar amalga oshiriladi.
- 107 ta xalqaro yo‘l bo‘yi mahallalarida servis markazlari, xizmat ko‘rsatish pointlari va logistika loyihalari yo‘lga qo‘yiladi.
- 55 ta sanoatga ixtisoslashgan mahallalarda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida yangi loyihalar hamda sanoat mikromarkazlari tashkil etiladi.
“Og‘ir” hududlar bo‘yicha manzilli yondashuv
Dehqonobod, Kasbi va Nishon tumanlari “og‘ir” hududlar sifatida belgilanib, ularning solishtirma ustunliklari asosida alohida loyihalar shakllantirildi.
Xususan, Dehqonobod tumanida sanoat sohasida yirik kaliy zavodi mavjud bo‘lib, Rossiyaning “Asian Chemical Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 150 mln dollarlik modernizatsiya loyihasi amalga oshirilmoqda va 200 ta ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, hududda 4,7 mln tonna dolomit, 4,4 mln tonna bentonit va 498 ming kub metr qum-shag‘al zaxiralari mavjud.
Qishloq xo‘jaligida 2 ming gektar sug‘orish imkoniyatiga ega lalmi yerlar mavjud bo‘lib, 21 ta mahalla kovrak yetishtirishga ixtisoslashgan.
Xizmat ko‘rsatish sohasida 57 km uzunlikdagi xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘li bo‘yida Yangi O‘zbekiston massivi, ekobozor, tibbiyot birlashmasi va madaniyat saroyi qurilishi boshlangan.
Kambag‘al mahallalarni qo‘llab-quvvatlash
Kambag‘allik darajasi 8 foizdan yuqori bo‘lgan 122 ta mahallada kambag‘allikni kamida ikki barobarga tushirish rejalashtirilgan.
Bu mahallalarda:
- 4 761 ta mikroloyihalar amalga oshiriladi,
- 1 230 ta xonadonga “loyiha paketlari” taqdim etiladi,
- 300 kVt quvvatga ega kichik fotoelektr stansiyalari o‘rnatilib, har bir mahalla byudjetiga yiliga 400 mln so‘m daromad keltiriladi.
Shuningdek, I-guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 749 ta kambag‘al oilalar xonadonlarida energiya samaradorligi oshirilib, quyosh panellari va geliokollektorlar o‘rnatiladi.

Jamoatchilik fikri
O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, mahallalarning 8 foizi mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga chuqur ixtisoslashgan.
Mahallalarning 91 foiz aholisi ijtimoiy-iqtisodiy holatni qoniqarli deb baholagan, 85 foizi so‘nggi 3 yilda hayot sifati yaxshilanganini, 95 foizi esa mahalla muammolarini hal qilishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish