Rossiyaga O‘zbekistonning asosiy ho‘l meva mahsulotlariga 10%li stavka joriy etiladi

Rossiyaga O‘zbekistonning asosiy ho‘l meva mahsulotlariga 10%li stavka joriy etiladi

O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hujjatga muvofiq 10%li stavka bo‘yicha qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi. Xususan, Rossiya hududiga olib kirilganda imtiyozli QQS solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati kengaytirildi.

O‘zbekistonning asosiy ho‘l meva mahsulotlari hisoblanadigan tarvuz, qovun, uzum, anjir, olma, nok, behi, o‘rik, gilos, olcha, shaftoli (jumladan nektarin ham), olxo‘ri va limonga nisbatan avval amal qilgan 20%li QQS o‘rniga 10%li stavka joriy etiladi.

Shuningdek, o‘zgarishlar quruq mevalarga nisbatan joriy etilmaydi. Ushbu kategoriya bo‘yicha 20%li QQS saqlanib qolindi.

Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistondan Rossiya bozoriga meva va sabzavotlar eksporti hajmini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar