Samarqand viloyati sanoat sohasining 2023 yil yanvar-sentyabr bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlandi

Samarqand viloyati sanoat sohasining 2023 yil  yanvar-sentyabr bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlandi

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 22,9 trln.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 105,6%ni, respublikadagi ulushi 5%ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Samarqand sh. (18,5 mln. so‘m) hamda Jomboy t. (11,9 mln. so‘m) viloyat ko‘rsatkichidan ancha yuqori.

Hisobot davrida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 22 295,9 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 97,3%ni tashkil etgan.

Ushbu davrda jami sanoat ishlab chiqarishidagi yuqori ulushi Samarqand sh. (46,6 %), Jomboy (9,7 %), Urgut (7,3%), hamda Samarqand (6,7%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 196,6 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,9%ni tashkil etgan.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuniga ko‘ra, sanoatdagi metallurgiya sanoatining ulushi 12,0%, mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishning ulushi 2,2%, oziq-ovqat mahsulotlari 27,9%, to‘qimachilik mahsulotlari 17,8%, kiyim ishlab chiqarish 2,8% va kimyo sanoati 1,0%ni tashkil etgan.

Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi shahar va tumanlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand sh. (32,9%), Toyloq (14,0%), Urgut (11,7%) hamda Samarqand tumanlarida (10,5%)ni qayd etilgan.

Viloyatda aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 1 897,4 ming so‘mni, shahar va tumanlar kesimida yuqori ko‘rsatkichlar Samarqand sh. 4 485,2 ming so‘m, Toyloq 5 056,4 ming so‘m, Jomboy 3 715,1 ming so‘m hamda Samarqand tumanlarida 3 058,9 ming so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, hududlar kesimida nooziq-ovqat mahsulotlar ishlab chiqarilishining viloyatda jami hajmidagi eng yuqori ulushi Samarqand shahriga to‘g‘ri kelib, 39,7% shuningdek, tumanlardan Urgut 13,8 %, Toyloq 13,7 % ni, hamda Samarqand tumani 8,6 % ni tashkil etgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyatning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Samarqand shahriga to‘g‘ri kelib, 26,4% ni, shuningdek, Toyloq tumani 14,2%, Jomboy tumani esa 13,7%ni tashkil etgan.

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 10 042,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 43,8%ni tashkil etgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Ardasher Murtazayev

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar