Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatda xizmatlar sohasining umumiy hajmi 20 603,7 mlrd. so‘mni, shu jumladan, kichik tadbirkorlik sohalarida ko‘rsatilgan xizmatlar – 65,9% va jami korxonalarda xizmatlar sohasidagi korxonalar ulushi 73,3% tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 111,7%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Toyloq tumani (122,2%), Samarqand tumani (121,1%), Samarqand shahar (111,6%), Paxtachi tumani (110,4%), Jomboy (110,9%) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, Pastdarg‘om (108,4%) tuman va Kattaqo‘rg‘on (108,6%) shaharlarida aksincha, o‘sish sur’atlari pastligi qayd etilgan.
Shahar va tumanlar kesimida xizmatlar sohasining eng yuqori hajmi Samarqand (8 976,0 mlrd. so‘m) shahar, Samarqand (1560,5 mlrd. so‘m), Urgut (1303,8 mlrd. so‘m), Pastdarg‘om (1246,6 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha eng kam hajmga ega hududlarga Nurobod (388,7 mlrd. so‘m) va Qo‘shrabod (398,3 mlrd. so‘m) tumanlarini keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarining hajmi 4 962,2 ming so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 109,3%ga o‘sishga erishdi.
Hisobot davrida xizmatlar sohasining asosiy turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlari quyidagicha aks etdi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 947,7 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 3 285,1 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 4 816,4 mlrd. so‘m, avtotransport xizmatlari 4 382,5 mlrd. so‘m, Yashash va ovqatlanish xizmatlari 1 110,3 mlrd. so‘m, Savdo xizmatlari 5 389,2 mlrd. so‘m, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 489,5 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 1 092,5 mlrd. so‘m, sog‘liqni salash sohasidagi xizmatlar 395,1 mlrd. so‘m, ijara xizmatlari 550,8 mlrd. so‘m, kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 588,7 mlrd. so‘m, shaxsiy xizmatlar 922,9 mlrd. so‘m, me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 339,8 mlrd. so‘m va boshqa turdagi xizmatlar 675,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Izoh qoldirish