Samarqand viloyatining 2022 yil I chorak uchun tashqi savdo aylanmasi

Samarqand viloyatining 2022 yil I chorak uchun tashqi savdo aylanmasi

2022 yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi 551,0 mln. doll. bo‘lib, respublika tashqi savdo aylanmasining 4,2%ni (Toshkent shahar, Toshkent va Andijon viloyatlaridan keyingi 4 o‘rinda) tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan mos davrga nisbatan 170,2 mln.dollarga yoki 44,7% ga oshgan.

Viloyat miqyosida jami eksport qilingan mahsulotlar hajmi 142,8 mln.doll. (2021 yilning mos davriga nisbatan 142,0%ga o‘sgan) bo‘lib, respublika tashqi savdo aylanmasining 25,9%ni (hududlar bo‘yicha 5 o‘rinda) tashkil etadi.

Shu bilan birga jami import qilingan mahsulotlar hajmi 408,2 mln.dollar (2021 yilning mos davriga nisbatan 145,7%ga oshgan) bo‘lib, tashqi savdo aylanmasining 74,1%ni (hududlar bo‘yicha 3 o‘rinda) tashkil etadi.

1-rasm. 2022 yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyati eksportida ulushi eng yuqori bo‘lgan davlatlar (mln. AQSh dollarda)

Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar Rossiya Federatsiyasi bilan 92,1 mln.doll. (jami tashqi savdo aylanmasini 16,7%i), Xitoy Xalq Respublikasi bilan 88,0 mln.doll. (jami tashqi savdo aylanmasini 16,0%), Qozog‘iston Respublikasi bilan 79,8 mln.doll. (jami tashqi savdo aylanmasini 14,5%), Turkiya Respublikasi bilan 42,3 mln.doll. (jami tashqi savdo aylanmasini 7,7%) ini va boshqalar tashkil etgan.

2-rasm. 2022 yilning yanvar-mart oylarida Samarqand viloyati tashqi savdo aylanmasida tuman (shahar)lar ulushi (%)

Viloyat tumanlari kesimida tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand shaharga tegishli bo‘lib 264,1 mln.dollarni (jami viloyat tashqi savdo aylanmasini 47,9%ini), Jomboy tumanida 68,8 mln.dollarni (jami viloyat tashqi savdo aylanmasini 12,5%ini), Urgut tumanida 56,3 mln.dollarni (jami viloyat tashqi savdo aylanmasini 10,2%ini), shuningdek Samarqand tumanida 45,6 mln.dollarni (jami viloyat tashqi savdo aylanmasini 8,3%ini) tashkil etgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti va importi

2022 yil I chorak yakunlari bo‘yicha hududda oziq-ovqat mahsulotlarining eksporti 52,2 mln.dollarni (jami eksportni 36,5%i) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 128,7%ga o‘sgan, importi esa 58,6 mln dollarni (jami importni 14,4%i) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 146,3%ga o‘sgan. Shu bilan birga viloyat tashqi savdo aylanmasida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 20,1%ni tashkil etdi.

3-rasm. 2022 yilning I choragida Samarqand viloyati oziq-ovqat eksporti bo‘yicha tuman (shahar)lar ulushi (mln.dollar)

4-rasm. 2022 yilning I choragida Samarqand viloyati oziq-ovqat importi bo‘yicha tuman (shahar)lar ulushi (mln. dollar)

Sanoat mahsulotlari eksporti va importi

2022 yil I chorak yakunlari bo‘yicha hududda sanoat mahsulotlarining eksporti 53,3 mln.dollarni (jami eksportni 37,2%i) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 188,8%ga o‘sgan, importi esa 99,4 mln.dollarni (jami importni 24,4%ini) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 2,2 martaga o‘sgan. Shu bilan birga viloyat tashqi savdo aylanmasida sanoat mahsulotlarining ulushi 27,7% ni tashkil etdi.

Mashinalar va transport asbob-uskunalar eksporti va importi

2022 yil I chorak yakunlari bo‘yicha viloyatda mashina va transport asbob-uskunalarning eksporti 9,6 mln. dollarni (jami eksportni 6,8 %ini) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 105,9%ga o‘sgan, importi esa 119,6 mln.dollarni (jami importni 29,3%ini) tashkil etib o‘tgan mos davrga nisbatan 145,6%ga o‘sgan. Shu bilan birga viloyat tashqi savdo aylanmasida mashina va transport asbob-uskunalarning ulushi 23,5% ni tashkil etdi.

Bahodir Husanov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Samarqand filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar