Ushbu davrda Samarqand viloyati YaHM hajmi 15,6 trln. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 6,4% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 3 686,8 ming so‘mni tashkil qilgan o‘tgan mos davrga nisbatan 4% ga oshgan.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 97,9%ni tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 2,1% ini tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi 18,1% (2023 yilda 18,3%), qishloq xo‘jaligi ulushi 21,8% (2023 yilda 23,2%), qurilishning ulushi 5,3% (2023 yilda 5,8%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 54,8% (2023 yilda 52,7%) ni tashkil qilgan.
2024 yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik 10 385,7 mlrd. so‘m (2023 yilning yanvar-mart oylarida – 8 416,5 mlrd. so‘m)ni va YaHMdagi ulushi 68,2% (2023 yilning yanvar-mart oylarida – 67,4%)ni tashkil etgan. Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sishi yirik korxonalar ulushining kamayishi bilan bog‘liq.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Murtazayev Ardasher
Izoh qoldirish