Samarqandda “Yangi O‘zbekiston” massivlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

Samarqandda “Yangi O‘zbekiston” massivlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga muvofiq Bulung‘ur tumanining “G‘o‘bdin” MFY hamda Urgut tumani Mergancha MFY hududlaridagi jami 63,1 gektar yer maydonlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, yangi zamonaviy turar-joy majmualarini barpo etish maqsadida 2022 yilda 36 ta ko‘p qavatli 1294 xonadonli arzon uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘yicha 1 ta umumta’lim maktabi hamda 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Misol uchun, Urgut tumani Mergancha MFYda qiymati 6,5 mlrd.so‘mlik 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassassa barpo etilib, bugungi kunda qurilish-ta’mirlash ishlari 87%ga bajarilgan.

Xuddi shuningdek, Urgut tumani Mergancha MFYda qiymati 20,5 mlrd.so‘mlik 990 koyko-o‘rinli tibbiyot muassasasida 60% qurilish va montaj ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, ushbu massivlarda jami 1,83 km ichimlik suvi tarmog‘i va 3 ta suv inshooti, 11,8 km oqova suvi tarmog‘i va 2 ta oqova suv inshooti, 2,6 km elektr, 8,5 km tabiiy gaz hamda 0,7 km tashqi yo‘l tarmoqlari qurilishi nazarda tutilgan.

Misol uchun, Bulung‘ur tumani G‘o‘bdin MFYda 5,5 mlrd.so‘m (hozirda 945 mln.so‘m o‘zlashtirildi) qiymatida 0,75 km hamda Urgut tumani "Mergancha" MFYda 7,3 mlrd.so‘m (hozirda 7,2 mlrd.so‘m o‘zlashtirildi) mablag‘ o‘zlashtirilishi hisobiga 1,08 km ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Bugungi kunda, “Qishloq qurilish loyiha” MChJ tomonidan massivlarni qurish loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi huzuridagi Davlat ekspertizasida o‘tkazilgan.

Mazkur 2 ta massivlar hududida qurilishi rejalashtirilgan 2 ta (shundan 1 ta maktab va 1 ta MTM) ijtimoiy soha ob’yektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish ishlari to‘liq nihoyasiga yetkazilgan. Qurilish vazirligi huzuridagi Davlat ekspertizasiga taqdim etilgan.

Shuningdek, massivlarda joriy yilda qurilishi rejalashtirilgan 36 ta ko‘p qavatli uy-joylar uchun tanlangan yer uchastkalari barchasi (Bulung‘ur t. – 18 ta, Urgut t. - 18 ta) “e-auksion” elektron tizimi orqali auksion savdolariga chiqarilgan hamda 36 ta (Bulung‘ur t. – 18 ta, Urgut t. - 18 ta) yer uchastkalarining barchasi auksion orqali sotilgan. Mazkur yer uchastkalari negizida yangi ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatish va servis ob’yektlari barpo etilib, mazkur hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ishsiz aholining bandligini ta’minlashga erishiladi.

Bugungi kunda 36 ta ko‘p qavatli uy-joylarning barchasida (Bulung‘ur t. – 18 ta, Urgut t. - 18 ta) qurilish ishlari boshlangan va 44% qurilish va ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Jumladan, Bulung‘ur tumani G‘o‘bdin MFYning 23,9 ga yer maydonida 18 ta 330 xonadonli hamda Urgut tumani "Mergancha" MFYda 18 ta 964 xonadonli uy-joylar qurilmoqda.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha ob’yektlari bo‘yicha 1 ta umumta’lim maktabi hamda 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, bugungi kunda ob’yektlarda 73% qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Nurmurodov Kamoliddin
Ardasher Murtazayev
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Samarqand filiali xodimlari

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar