Senat tomonidan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi (yangi tahrirda)

Senat tomonidan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi  (yangi tahrirda)

Qonun bilan ish bilan ta’minlashning samarali va istiqbolli yo‘nalishlari – kasbiy malaka va kompetensiyani rivojlantirish milliy tizimi, mehnat daftarchalari va shartnomalarining elektron hisobini yuritishni nazarda tutuvchi yagona milliy mehnat tizimi joriy etilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi mehnat bozori va bandlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, milliy ishchi kuchi sifatini oshirish uchun rag‘batlantirishni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirishni kuchaytirish, ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvatlash va ularning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirishni mustahkamlaydi.

Ma’qullangan Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar