Samarqand viloyatining 2022 yil yakunlari hamda 2023 yilga aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalari

Samarqand viloyatining 2022 yil yakunlari hamda 2023 yilga aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalari

2022 yil yanvar-dekabr oylarining mehnat resurslari balansiga ko‘ra Samarqand viloyatida o‘rtacha doimiy aholi 4 074 871 nafarni tashkil etib, shundan mehnat resurslari 2 160 353 nafar, iqtisodiy faol aholi 1 642 905 nafar, band bo‘lgan aholi 1 489 511 nafar (shundan, rasmiy sektorda bandlar 565 712 nafar, norasmiy sektorda bandlar 648 130 nafar va chetga ketganlar 275 669 nafar)ni tashkil etdi. Bundan kelib chiqib, ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan ishsizlar 153 394 nafarni va ishsizlik darajasi 9,3%ni tashkil etdi.

Ishsizlik darajasi hududlar kesimida qaralganda, Payariq tumanida bu ko‘rsatkich 9,7%, Paxtachi t. – 9,7%, Samarqand t. – 9,6%, Pastdarg‘om t. – 9,6%, Narpay t. – 9,6%, Oqdaryo t. – 9,5%, Qo‘shrabot t. – 9,5%, Nurobod t. – 9,5%, Tayloq t. – 9,4% va Kattaqo‘rg‘on tumanida 9,4%ni tashkil etib, viloyat ko‘rsatkichidan yuqori hisoblanadi.

Viloyatda ko‘rilgan chora-tadbirlarga ko‘ra 2022 yilda 660 974 nafar aholi doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishga band qilindi.

Ko‘rsatkich tarmoq va sohalar kesimida o‘rganilganda, tadbirkorlikni rivojlantirish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida 306 689 nafar (shundan, xizmatlar ko‘rsatish, servis va savdo sohasida 216 194 nafar, hunarmandchilikda – 10 449 nafar, boshqa tadbirkorlik yo‘nalishlarida 80 046 nafar), qurilish, transport va kommunal sohasida 16 443 nafar, investitsiyalar va mahalliy sanoatni rivojlantirish yo‘nalishida 21 844 nafar, qishloq xo‘jaligi sohasida 300 726 nafar (shundan, pillachilik sohasida 118 279 nafar, aholi tomorqasini tartibga solish hisobiga – 11 662 nafar, sohaning boshqa yo‘nalishlarida 170 785 nafar) hamda turizmni rivojlantirish va madaniyat sohasida 15 272 nafar ishsizlar bandligi ta’minlandi. Faqatgina, Kattaqo‘rg‘on shahrida aholini bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari 99%ga (tadbirkorlik va xizmatlar yo‘nalishida reja 95,2%) ijro etildi.

Viloyatda, ayniqsa ishsizlik darajasi og‘ir bo‘lgan hududlarda aholini bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalarni davom ettirish maqsadida 2023 yil davomida hududlarda yashovchi 451 596 nafar aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarga jalb qilish rejalashtirilgan. Ish o‘rinlarning 165 782 tasi doimiy, 203 360 tasi mavsumiy va 82 454 tasi norasmiy faoliyatni rasmiylashtirish hisobiga yaratiladi.

Prognoz ko‘rsatkichlar tarmoqlar qirqimida qo‘yidagicha bo‘ladi. Investitsiya dasturlari doirasida 1013 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 17 219 ta, shundan, tarmoq dasturlari hisobiga – 2 245 ta va hududiy investitsiya dasturlari 14 974 ta ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida jami 235 193 nafar, shundan, fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarda 14 165 nafar, dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish hisobiga 96 204 nafar, takroriy ekin uchun yer ajratish hisobiga 32 588 nafar, tomorqa xizmatida 26 029 nafar, pillachilikda 65 032 nafar va suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida 1 155 nafar ishsiz aholi bandligi ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, xizmatlar va tadbirkorlik yo‘nalishida aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda 199 184 nafar (shundan 102 444 nafar doimiy, 14 286 nafar mavsumiy va 82 454 nafar norasmiy faoliyatni rasmiylashtirish hisobiga) fuqarolarning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Sohalar kesimida tahlil qilinganda, savdo va servis yo‘nalishida 72 441 nafar, mikroloyihalar va mikro markazlar hisobiga 20 424 nafar, kasanachilik, vaqtinchalik ishlarda band qilish va qurilish brigadalari tashkil qilish hisobiga 11 486 nafar, hunarmandchilikda 3 740 nafar, qurilishi, kommunal soha va obodonlashtirish yo‘nalishidagi xizmatlarda 3 139 nafar, turizm va madaniyat sohasidagi xizmatlarda 5 500 nafar, norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish orqali 52 424 nafar va bo‘sh ishga joylash hisobiga 30 000 nafar ishsizni band qilish nazarda tutilgan.

Joriy yilda ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan Payariq tumanida 34 047 nafar (shundan tadbirkorlik yo‘nalishida 11 405 nafar), Paxtachi tumanida – 21 954 nafar (7226 nafar), Samarqand tumanida – 25 776 nafar (14584 nafar), Pastdarg‘om tumanida – 44 675 nafar (15198 nafar), Narpay tumanida – 30 525 nafar (11368 nafar), Oqdaryo tumanida – 25 578 nafar (9073 nafar), Qo‘shrabot tumanida –12 801 nafar (5924 nafar), Nurobod tumanida – 12 055 nafar (6305 nafar), Tayloq tumanida – 25 325 nafar (10669 nafar) va Kattaqo‘rg‘on tumanida 34 639 nafar (12564 nafar) aholini doimiy va mavsumiy ishlarga bandligini ta’minlash rejalashtirilgan.

Nurmurodov Kamoliddin
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar